Qoraqalpoğiston IIV Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan 44 ta maktabda yöl harakati xavfsizligi xonasini taşkil qiliş va uskunalar bilan jihozlaş böyiça boşlanğiç qiymati 1,5 milliard sömdan ortiq tanlovlarda savdolarni ötkaziş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarning buzilişi hamda ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli şart-şaroitlar yaratilgani aniqlangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi brifingda ma’lumot berdi. 

Qayd qilinişiça, tanlov natijasi qömita tomonidan bekor qilinib, takroran ötkazilgan. Şuningdek, qonun buziliş holati böyiça tegişli tartibda çora körilgan. Aynan qanday çora körilgani haqida ma’lumot berilmadi. 

Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan 2023 yilda ötkazilgan örganişlar natijasida raqobatga zid 27 ming 730 ta harakat aniqlangan. Şu bilan birga, 5 ming 118 ta (21,9 foiz) savdo jarayonida buyurtmaçilar tomonidan 7 ming 640 ta raqobatga zid holat aniqlangan.