Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, Özbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln AQŞ dollariga teng bölgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.

Qayd etilişiça, olma importi 2021 yilning mos davriga nisbatan soliştirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oşgan.

Özbekiston 4 oy mobaynida eng köp olma mevasini import qilgan davlatlar orasida Eron yetakçilik qilmoqda – 15,2 ming tonna.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Polşa – 2,2 ming tonna;
  • Moldova – 1,5 ming tonna;
  • Ukraina – 1,8 ming tonna;
  • Turkiya – 732,6 tonna;
  • Xitoy– 523,6 tonna;
  • Qozoğiston – 164,3 tonna.

Bundan oldin Özbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bölgandi.