Bildirilişiça, Uzbekistan Airways joriy yildagi aviaqatnovlar sonini 2021 yil şu davriga nisbatan 2 barobardan ziyod köpaytirgan, yölovçilar soni esa 3 barobarga oşgan, bu xizmat va havo sahnida yölovçilarga tarqatiluvçi buyumlar, jumladan bir martalik quloqçinlar soni oşişiga olib kelgan.

Bir martalik quloqçinlar sotib oliş uçun qabul qilingan çora-tadbirlar COVID-19 tufayli hamda bir qator sabablarga köra kerakli natijalarni bermagani aytiladi. 

Bugungi kunda logistika bilan boğliq muammolar hal qilinib, 2022 yil 15 iyun sanasidan boşlab bir martalik quloqçinlar aviakompaniya barça havo kemalariga tarqatilişi va yölovçilar parvoz vaqtida yana musiqa eşitişi yoki kinofilm tomoşa qilişi mumkin böladi.

Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilardan uzr söragan.