Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat qurolli kuçlarining Donbassdagi harbiy harakatlar hududidagi yöqotişlari haqida ma’lumot berdi.
«Frontdagi vaziyat juda oğir. Biz har kuni 100 nafargaça jangçimizdan ayrilyapmiz, yana 500 nafargaça jangçi yaralanmoqda», — deya yozgan Reznikov feysbukdagi sahifasida.
Uning sözlariga köra, Rossiya armiyasi «yoppasiga bosimni davom ettirmoqda, joyida depsinmoqda, kuçli qarşilikka duç kelmoqda, ulkan yöqotişlarga uçramoqda, ammo hozirça frontning alohida uçastkalarida ilgarilaş uçun yetarli kuçga ega bölib qolmoqda».
Yöqotişlar borasida Reznikov tomonidan keltirilgan ma’lumotlar avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytganlariga mos keladi, u 1 iyun kuni Donbassdagi janglarda har kuni 60-100 nafar atrofida ukrain harbiylari halok bölayotgani, 500 nafarga yaqini yaralanayotganini aytgandi.
Reznikovning postidagi asosiy mavzu Ukrainaga boşqa mamlakatlardan yetkazib berilayotgan qurollar bölgan. Xususan, u polşaliklarning 155 millimetr kalibrli «Krab» öziyurar gaubitsalari janglarda qöllaş uçun tayyorligini aytgan.
- Avvalroq Ğarbdagi manbalar Donbassdagi janglarda rossiyalik harbiylar artilleriya bobida katta ustunlikka ega ekanini aytişgandi.
- Ukraina va Rossiya uruş boşidan buyon öz yöqotişlarini oşkor qilmaslikka harakat qilib kelmoqda, har kuni berib boriladigan axborotlarda faqat raqibining yöqotişlari haqidagi baholar beriladi.


















