7 iyundan boşlab Sberbank Xitoy yuanidagi taşqi savdo şartnomalari böyiça tadbirkorlar tomonidan tölovlarni amalga oşirişni töxtatdi. Bu haqda 8 iyun, çorşanba kuni kompaniya vakili ma’lum qildi.
«Hozirda bank xitoylik hamkorlar bilan vaziyatni hal qiliş va hisob-kitoblarni tiklaş böyiça iş olib bormoqda», — dedi u. Moliyaviy muassasa vakilining sözlariga köra, çora korporativ mijozlarga ta’sir qilgan va «vaqtinçalik» hisoblanadi.
Bankning koll-markazi xodimi çeklov muddatiga aniqlik kirita olmadi. Kompaniyalarga hozirça hamkor banklar yoki boşqa vakolatli kredit taşkilotlari xizmatlaridan foydalaniş taklif etilmoqda.
Sberbank Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boşlanganidan keyin Yevropa ittifoqi, AQŞ, Kanada va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar röyxatiga kiritildi.
Oltinçi sanksiyalar paketi doirasida uşbu moliyaviy taşkilotni SWIFT tizimidan uzişga qaror qilindi.
Avvalroq, 24 mart kuni AQŞ Rossiyaning Ukrainadagi keng kölamli harbiy harakatlari fonida Sberbank rahbari German Grefga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

















