RF hukumati federal budjet taqçilligini qoplaş maqsadida ilk bor Xitoy yuanida davlat qarz majburiyatlarini joylaştiradi. RF Moliya vazirligi içki bozorda umumiy qiymati 300–400 mlrd rubl miqdorida yuan obligatsiyalar çiqarişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Reuters 31 oktyabr kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

Qimmatli qoğozlar Moskva birjasida joylaştiriladi va 3 yildan 10 yilgaça muddatda qaytariladi. Agentlik manbalaridan birining ma’lumotiga köra, har biri taxminan 100 mlrd rubl (taqriban 8,6 mlrd yuan) hajmdagi 3–4 ta emissiya rejalaştirilgan. Yana bir manba bitim dekabr oyi oxirida amalga oşirilişi mumkinligini aytgan.

Moliya vazirligi investorlarning keng doirasiga — jismoniy şaxslar, banklar va boşqaruv kompaniyalariga — suyanişni közlayapti. Reuters manbalariga köra, vazirlik potensial xaridorlar bilan uçraşuvlar ötkazib, ularga yuandagi qoğozlarni reklama qilgan. Vazirlikdagi suhbatdoş agentlikka yuanda qarz tayyorlanayotgani va yaqin orada rasman e’lon qilinişini tasdiqladi.

Yuan obligatsiyalari orqali budjet taqçilligini Xitoy valutasida tuşum oladigan davlat korporatsiyalari ham moliyalaştirişi mumkin. Oktyabr oyi oxirida ularga böş mablağlarini fond bozoriga, jumladan qimmatli qoğozlarga joylaştirişga ruxsat berilgan edi.

Rossiya kompaniyalari yuanda qarz olişni allaqaçon faol yölga qöygan. Hozirgi kunda fond bozorida 166,83 mlrd yuan hajmda korporativ obligatsiyalari muomalada. Reuters’ning qayd etişiça, bu instrument asosan eksportyorlar orasida ommalaşgan: ular Ğarb kapital bozoriga kiriş çeklanganidan keyin mahalliy bozorda yuanda qarz jalb qila boşlagan.