Bugun kun davomida respublika katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat şimolda, kunning ikkinçi yarmida Toşkent viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
“Özgidromet” xabariga köra, kunduz kuni havo harorati 34-39 daraja issiq atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-42 daraja issiqqaça böladi.
11 iyunda Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.
11 iyunda Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 11-12 iyunda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
13 iyunda faqat Toşkent viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublika qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, çang-tözonlar kuzatilişi mumkin.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 10-14 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq böladi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Ayrim joylarda döl yoğişi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12 iyunga kelib 31-33 daraja issiqni taşkil etadi.












