Ukraina birinçi xonimi Yelena Zelenskayaning fikriça, Rossiya tomonidan boşlangan harbiy harakatlarda Ukrainaning yuzi asosan ayollardan iboratdir. Bu haqda u 9 iyun kuni Bryusselda Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel, «BMT Ayollar» taşkiloti va Nobel mukofoti sovrindori Nadiya Murod taşabbusi bilan taşkil etilgan «Mojarodagi ayollar» konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozadi DW.

Zelenskaya mina portlaşi oqibatida ikki oyoğidan ayrilgan lisiçansklik hamşira Oksana Balandina kabi bir qança ukrainalik ayollarning taqdiri haqida aytib berdi. Şundan söng, u hali kasalxonada böla turib, tanişiga turmuşga çiqdi. Yoki Popasnadan törtta katta yoşli fuqaroni Baxmutga olib borgan 15 yoşli Liza Çernişenko haqida ma’lumot berildi. U otişma paytida haydovçi yaralanganidan keyin rulga ötirgan va maşinani boşqarib borgan. «Bu bir neçta hikoyalar, ammo aytişimiz mumkinki, mamlakatimizdagi har bir hayot ma’lum darajada «avval» va «keyin»ga bölindi. Bizning uruşimizning yuzi asosan ayollardan iborat», dedi Zelenskaya video-aloqa orqali çiqiş qilib.

«Işonçim komilki, biz, ukrainalik ayollarni şunçaki qurbonlar deb bölmaydi. Har birimizning öz qarşilik tariximiz bor», - dedi u. Prezidentning rafiqasi Ukrainadagi şifokorlar, öqituvçilar va ijtimoiy soha xodimlarining asosiy qismini ayollar taşkil etişini eslatdi. Tadbirkorlarning 50 foizi va köngillilarning yarmidan köpi ham ayollardir. Ukraina qurolli kuçlarida ham ayollarning örni ortib bormoqda. Zelenskayaning sözlariga köra, hozir armiyada 37 ming ayol bor va ularning mingdan ortiği allaqaçon qömondon bölişga ulgurgan. «Ayollarimiz uçun harbiy xizmat ixtiyoriy tanlov bölib, ular safimizda şaraf bilan turib, erkaklar bilan teng jang qilyapti», — deya qöşimça qildi u.

Zelenskaya kiriş sözini öziga «Sening superkuçing nima?» degan savol bilan yakunladi. U savolga quyidagiça javob berdi: «Men ukrainalikman. Ha, ukrainalik ayollar superkuçga ega: biz hammamiz ukrainalikmiz, biz ukrainalik ayollarmiz».

«Mojarodagi ayollar» konferensiyasi ikkinçi marotaba ötkazilmoqda. Bu safar unda Ukraina mavzusi ustunlik qildi. Unda birinçi xonimdan taşqari Ukrainaning yana ikki vakili iştirok etdi: boş vazirning yevrointegratsiya böyiça örinbosari Olga Stefanişina şaxsan iştirok etdi, boş prokuror Irina Venediktova esa virtual tarzda çiqiş qildi.

Konferensiya yakunlari böyiça deklaratsiya qabul qilindi, unda ayollar nizolardan köproq aziyat çekayotgani körsatilgan. «Biz barça mojarolarda ayollar va qizlarga nisbatan sodir etilgan xalqaro huquqning buzilişlarini keskin qoralaymiz. Ukrainada ayollar va qizlarga nisbatan sodir etilgan gender zöravonlik, jumladan, mojaro bilan boğliq jinsiy zöravonlik va zörlaş haqidagi dalillar va hisobotlardan dahşatga tuşyapmiz. Şuningdek, turli mojarolar paytida, xususan, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Iroq, Mali, Sudan, Suriyadagi holatlar ham dahşatli», - deyiladi deklaratsiya matnida.