Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish bo‘yicha komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish ilk marta to‘liq jonli efirga uzatildi. Komissiya bosh qomusning 24 ta moddasiga 41 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni tegishli qonun loyihasiga kiritishni ma’qulladi.

Yig‘ilishda ovozga qo‘yilgan takliflarning barchasi ma’qullandi. Kun.uz muxbiri Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan birlamchi tasdiqdan o‘tgan, asosiy qonunga qo‘shilishi masalasi endilikda Qonunchilik palatasida ko‘riladigan takliflarni sanab o‘tadi:

  • Davlat inson va jamiyatning tinchligini ta’minlashga mas’ul; (14-modda to‘ldirilmoqda)
  • O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga asosan va O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq tan olinadi va kafolatlanadi; (18-modda to‘ldirilmoqda)
  • Inson huquqlari va erkinliklari faqat qonun asosida, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida va buning uchun zarur bo‘lgan doirada mutanosib ravishda cheklanishi mumkin; (20-modda to‘ldirilmoqda va shu moddadagi “davlat va jamiyat” so‘zlarining o‘rni “jamiyat va davlat” deb o‘zgartirilmoqda)

“Inson huquqlarining chegarasi – boshqa insonlarning huquqlarini buzmasligigacha”, dedi komissiya raisi Akmal Saidov va sud jarayonidan misol keltirdi: “Bezorilik bo‘yicha sud ketyapti. Bittasi bittasining burnini qonatibdi. Sudda aytyapti: “Muhtaram sudya, men qo‘limni yon tomonga qaratib tez ko‘targandim, uning burniga tegib ketdi. Mening qo‘limni bunaqa harakatlantirish huquqim yo‘qmi?” Sudya javob bergan: “Mutlaq huquqingiz bor. Qo‘lingizni xohlagancha o‘ngga, chapga ko‘tarishingiz mumkin. Lekin sizning bu huquqingiz birovning burniga 1 sm qolganda tugaydi, tegib ketgandan keyin siz birovning huquqini buzdingiz”.

  • Konstitutsiyaning birorta moddasi inson huquq va erkinliklariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. (16-modda to‘ldirilmoqda)
  • 49-moddadagi: “Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” degan norma: “Tarixiy, ma’naviy va madaniy meros davlat muhofazasidadir