Rossiya-Ukraina uruşi boşlanganidan keyingi davrdagi öta noaniq vaziyat sabab rubl kursi mart oyi boşlariga kelib keskin darajada qadrsizlanib ketdi. Bunga xorijiy investorlarning Rossiyadagi aktivlarini sotişi va tuşgan mablağlarni dollarga almaştirişga urinişi, mahalliy aholi tomonidan inflatsiyadan himoyalaniş maqsadida çet el valutasini xarid qilişga bölgan talabning ortişi, sanksiyalar va zaxiralarning salmoqli qismi muzlatilgani tufayli Rossiya Markaziy bankining xorijiy valuta taklifini oşirib, kursni barqarorlaştira olmagani kabi bir qator omillar ta’sir ötkazdi.

Ammo ma’lum muddat ötganidan keyin Rossiya milliy valutasi mustahkamlana boşladi. 10 iyun holatiga köra, 1 dollar – 58,3 rublni, 1 yevro esa 62 rublni taşkil etmoqda. Taqqoslaş uçun, harbiy harakatlar boşlanişidan oldingi kun, 23 fevralda 1 dollar – 80,4 rubl, 1 yevro – 90 rubl bölgan. Bugungi kunda rubl kursi Rossiya iqtisodiyotining holatini ölçaşda foydalaniladigan eng asosiy instrumentlardan biri hisoblanadi. Şu nuqtayi nazardan, Ğarbning dahşatli sanksiyalari öz samarasini bermadimi?

23.02. 2022 - 10.06. 2022 davr oraliğida rubl kursining AQŞ dollariga nisbatan özgariş dinamikasi

Rubl nega mustahkamlandi?

Birinçidan, uruş boşlanganidan bir neça kun ötib, Rossiya Markaziy banki favqulodda ravişda asosiy foiz stavkasini 9,5 foizdan 20 foizga (hozirda Rossiya MB asosiy stavkasi 9,5 foizni taşkil qiladi) oşirdi. Bu esa rossiyaliklarga öz pullarini banklarda saqlaşga rağbat yaratdi va rubldagi depozitlarni jozibali qildi. Eksportyorlar uçun valuta tuşumlarining 80 foizini mamlakat rezidentlariga majburiy sotiş tartibi belgilandi. Xorijdagi banklar va moliya taşkilotlarida oçilgan hisobraqam va omonatlarga çet el valutasini ötkaziş taqiqlandi. Kredit şartnomasi böyiça norezidentlarga xorij valutasini ötkaziş ham bekor qilindi.

Bundan taşqari, Rossiya banklari mijozlariga hisobraqamlardan naqd valuta berişni çeklab qöydi. Naqd pul yeçib olişda 10 ming dollarlik çegara belgilandi. 

Umuman olganda, hukumat amalda kapitalning turli bank vositalari orqali xorijga olib çiqib ketilişi ustidan nazorat örnatdi va «kasallangan» valutaning qayta tiklanişi uçun mavjud bölgan barça işni amalga oşirdi.