Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 9 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga fuqarolardan biri ariza bilan murojaat qilib, farzandini pul evaziga öqişga kiritişini aytgan öqituvçiga qonuniy çora körişni söragan.
Uning murojaatiga köra, fuqaro farzandini oliy öquv yurtiga öqişga kirişi uçun hujjat topşiriş tartibi bilan tanişib yurgan vaqtida Samarqand davlat universiteti öqituvçisi J.Ş. bilan tanişib qolgan.
Şundan söng, J.Ş. fuqaroning işonçiga kirib, 4 ming dollar evaziga uning farzandini SamDUning iqtisodiyot fakultetiga öqişga joylaştirib qöyişini aytib, oldindan 2,500 dollar talab qilgan.
Mazkur arizaga asosan, 9 iyun viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilib, J.Ş. ariza muallifidan talab qilgan 4 ming dollardan 2,5 ming dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












