Oramizdagi odamlar: Uqubat töla hayot poyonidagi yolğizlik
|14:12 / 12.06.202234 4329 min
Yöldoş ota bugun ham qabristonga bordi. Baxtga qarşi bu safar zurriyodining qabri boşiga yetib kelişi ança muşkul böldi - közi yaxşi körmay qolgani bunga monelik qildi.
Heç kimga farzand doğini solmasin ekan. U öğlini köp soğinadi. Kasalini davolatişga qöli kaltalik qilib, uni vaqtida şifokorlarga körsata olmaganidan hali-hanuz aziyat çekadi...
80 yoşni qarşilagan Yöldoş otaning bolalagan iti, huvillab qolgan xaroba kulbasi va tökilib ketgan tandiridan boşqa heç narsasi yöq. Yigit kişi bölişiga qaramay rafiqasining közi körmay qolganida bir paytlar xuddi şu tandirda özi non yopar edi....
Uylanganiga 5 oy bölgan öğli Dilmurod 2019 yilda oğir xastalikdan olamdan ötdi. Ölimidan söng qiz nabira tuğilgaç, yoş kelin qizini olib boşqa oila qurdi...
Fotima va Zuhra qizlari birin-ketin turmuşga çiqib ketişdi. Rafiqasining közi körmay qolgaç qarov bölmay qolganidan singlisining uyiga köçib ketişga majbur böldi.
Farğona viloyatining Danğara tumani Orol qişloğida yaşovçi Yöldoş ota Anorboyev şundan beri xaroba hovlida bir özi qolgan. U kunora turmuş örtoği holidan xabar oladi. Qabristonga borib öğlining qabrini ziyorat qiladi. Qaytişida 2 ta non sotib oladi. Biri özi, yana biri kuçuk bolalari uçun...
«Öğlimning ismi Dilmurod edi. Qöqondagi jinnixonada ança yotdi. Qölim kaltaligidan davolatiş uçun Toşkentga olib bora olmadim. Qarindoş-uruğ ham kuçi borga oşno bölarkan. Öğlim kasallikka çalingandan keyin biz bilan birovning işi bölmay qoldi.
Ikki qizim bor. Ularni turmuşga uzatganman. Birida qiz, yana boşqasida öğil nevaram bor. Har zamonda ular kelib holimdan xabar olib ketişadi. Yurgan yölimda öylanib yuraman. Menga biror kor-hol bölgudek bölsa, birov bilmay qolsa holim ne keçadi deb....
Uyda kam turaman. Yolğizlikda ezilib, u yoq-bu yoqqa çiqib ketaman. Fotima-Zuhra qizlarimdan xafa bölmayman. Agar öğlim tirik bölganida men şunday yurmagan bölardim. Kelinim bölardi. U menga qarardi. Ust-boşimni yuvib berardi. Ovqatimga qarardi. Mening ovqatim bozorda. Bozorga borib quyuqmi-suyuqmi bir kosa ovqat içvolaman. Yana uyga qaytişimda qornimni töqlab, uyga kelib dam olaman.
Mavzuga oid
Özimdan xursand bölib ketaman. Yaxşiyam belimda quvvat borligida şu uyni solib qöygan ekanman. Agar uyim bölmaganida qayerda ham yotardim. Heç kim yolğiz qolmasin ekan. Turmuş örtoğimga qaynisinglim qaraydi. Kunora uning holidan xabar olib kelaman. Siz ayolingizga qaragani qiynalib qolasiz, deb olib ketişgan. Rafiqamning ketganiga yaqinda bir yil böladi. Ölganning ustiga tepgan deganlaridek, çap közim ham yaxşi körmay qoldi. Köçada bir yigit körib, amaki közingizda “davleniye” bor ekan, dedi. Men unga şifokorga borganim yöq, dedim. Doktorga borsangiz ham hozir otasi bilan onasining narxini aytadi. Öşa uçun borganim yöq. Farğona şahriga borib körsataman, Xudo xohlasa, niyatim bor.
Öğlimni uylab qöygandim. U dunyodan ötganidan keyin qizi tuğildi. Öşani köra olmay ketdi. Şu narsa meni ezdi xolos. Har zamonda özim, agar qizlarim kelib qolsa, ularni nevaramni körgani jönataman», – deydi u.
Qizlari u paytda hali çaqaloq edi. Uyida yeyişga heç vaqo qolmaganida Yöldoş aka töplab qöygan çigit qopini sotib puliga non olib kelaman, deb köçaga çiqqanida mast haydovçi maşinasida urib yuborgan. Baxtsiz hodisa uning soğligiga ta’sir qilmasdan qolmadi.
«Pop tumanida avariya bölganman. Unda farzandlarim kiçkina edi. Uyda yeyişga heç vaqo qolmagan ekan. Çigit qopidan 70 taça töplab qöygan ekanman. Ularni sotib puliga non olib kelmoqçi edim. Popga yetmasimdan yöldagi maşinalardan biri urib yubordi. Haydovçi birinçi yordam körsatmay qoçib ketdi. Ançadan keyin “GAI” keldi. Bir oz muddat ötdi-yu, özimga keldim. GAI xodimi urib yuborgan maşina haydovçisini topib keldi. Haydovçi Qöqondan ziyofatdan qaytayotgan ekan.
Maşina urib yuborgan paytda Fotima-Zuhra qizlarim çaqaloq edi. Öşa paytda xotinimning közi körmay qolganidan uy işlarini özim qilardim. Ham ovqat qilib, ham tandirda özim non yopardim.
Pensiyam heç bölmasa 800 ming söm bölganida u yoq-bu yoqqa borib kelgani bölaverardi. 500 ming pensiya olardim. 100 ming qöşilib endi 600 ming böldi. Qaysidir kuni yana 70 mingdan qöşildi. Pensiyamga ustimga kiyim-boş olaman. Ovqat olaman. Eplayman», – deydi u.
Yoşi bir joyga borib qolgan Yöldoş ota uyida yolğiz qolib, biror kor-holga yöliqişdan qörqadi. Yurişga qiynalib, yölni yaxşi köra olmasa-da, köçaga talpinadi.
«Heç kimning boşiga yolğizlik tuşmasin. Yolğizlikni duşmanimga ham ravo körmayman. Odam oyoq, közdan qolmasin ekan. Qiyin bölyapti hozir. Iloji boriça uyda turmayman. Uyda menga biror kor-hol bölib qolişidan qörqaman. Ölim qoş bilan qovoq örtasida böladi, degan edi otam rahmatli. Sovuq bölib köçaga çiqişning iloji bölmay qolsagina majbur uyda qolaman.
Qarindoş uruğlarim bor, yöq emas. Lekin umuman olganda ular yöq hisobi. Enam qöqonlik bölgan. Tuğilganimdan keyin ötib ketgan. Qarindoşim bor. Bölgani bilan baribir ota-ena bor vaqtidagidek bölmas ekan. Xuddi begonaga öxşab qolar ekansiz.
Qizlarim özlari nonini topib yeydigan böldi, deb ularni öqitmadim. Onalarining közi oçiq bölganida edi öqişarmidi, deyman. Turmuş örtoğimning közi qizlarim 1-sinfda öqiyotgan paytda körmay qolgan edi. Xotinim Qöqonda davolandi. Lekin foydasi bölmadi. Qölim kaltalik qilib uning közini davolata olmadim. Uyimda mollarim bor edi. Ularni sotib qizlarimni çiqardim. Qiz çiqariş ham qiyin ekan juda.
Qişloğimizga Farğona şahridan şifokorlar kelganida xotinimning közini körsatgandim. Tekşirib körişib, uning közini davolab bölmasligini aytişdi. I guruh nogironi qilib rasmiylaştirişdi», – deydi u.
Qahramonimiz qişda ötin sotib oladi. Pensiyasidan asrab-avaylab kömir uçun pul ajratadi.
«Qiş faslida kolxozdan ötin sotib olib kelaman. Har pensiyadan ozroq kömir olaman. Hamma narsa qimmat hozir. Amal-taqal qilib qişdan çiqib olyapman. Şu bu yildan qariganim rostmana bilindi. Ozgina yursam çarçab qolyapman. Oyoğim oğrib qolyapti. Yölda ketayotgan bölsam, biror soat ötirib dam olmasam yölimda davom eta olmayapman.
Bilgan odamga odam qimmat. Bilmaganga bir tiyin. Hamma narsa topiladi, lekin odam topilmaydi.
Katta nevaram 1-sinfda öqiydi. Kiçigi esa hali ança yoş.
Yoşligimda dalada, paxta zavodida, undan keyin sovxozda işlaganman. Yoz faslida dalada, qişda esa paxta punktda işlardim», – deydi u.
Yöldoş ota pensiya pulini arang yetkazadi. Şifersiz tomidan çakki ötganidan biror kor-hol bölmasin, deb elektr tokini uzdirib taşlagan.
«Pensiya pulimga ozgina ozginadan qöşilib 600 ming söm böldi. Mendan oldin 1 million söm pensiya oladiganlar ham pensiyani bermadimi şu paytgaça, deb mendan söraşadi. Pensiyani arang yetkazaman. Xudoga ming marta şukr qilaman. Pensiya bölmaganida qanday yaşardim?
Yolğizlik yomon ekan. Odamni tiriklayin yeb qöyar ekan. Köçaga çiqib qornimni töyğazgaç, ikkita non sotib olaman. Bittasi özim uçun, ikkinçisini kuçuklarga beraman. Ertalab turib yana Qöqonga otlanaman. Nonuştani Qöqonda qilaman. Özim yemasam ham itlarga non olib berib yediraman.
Gapirgan gapimni ham esimdan tez çiqarib qöyyapman. Biror buyumni qöygan joyimni bilmay qolaman. Bu avtohalokatda olgan jarohatning asoratidan.
U paytda özimni davolatişga şaroit yöq edi. Turmuş örtoğim oğiroyoq edi öşa paytda. Solgan imoratim tomiga şifer ham qoqa olmaganman. Yomğir yoğsa çakki ötadi. Şuning uçun biror kor-hol bölmasidan usta olib kelib elektr tokini uzdirib taşladim», – deydi u.
Qöl telefonni işlatişni bilmaydigan Yöldoş ota xayrlaşayotib yaqin kunlarda közini şifokorlarga körsatiş uçun Farğona şahriga borişi va u yerdan daraklab topib oliş istagida bir parça qoğozga ism-familiyamni yozib berişimni söradi.
U bilan Danğara tumani Orol qişloğidagi Xobbobo qabristoniga tutaş yölda xayrlaşdik...