Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida eşak suyiş bilan şuğullangan oila aniqlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, holat yuzasidan qonunbuzarlarga sud qarori e’lon qilingan.
Eşonquduq mahallasi Abduhamid qişloğidagi xonadonlardan birida eşak söyib kelingani haqida xabarlar tarqalgaç, mas’ullar holatni öz nazoratiga olgani aytilgandi.
Ğuzor tumanidagi maktab internatda ötkazilgan sayyor sud majlisida öz xonadonida eşak söyişni kasb qilib olgan fuqaro N.R. va uning turmuş örtoği S.A.ning xatti-harakatlari körib çiqilgan va holat yuzasidan qaror çiqarilgan.
Unga köra, fuqaro N.R.ga nisbatan MJtKning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) 2-qismi va 161-moddasi (şaharlarni va boşqa aholi punktlarini obodonlaştiriş qoidalarini buziş) bilan 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan taşqari, N.R.ga eng kam iş haqining uç barobari, uning xotini S.A.ga nisbatan esa MJtKning 111-moddasiga asosan eng kam iş haqining 2 barobari miqdorida jarima belgilangan.

















