Sönggi kunlarda talabalar orasida eng köp muhokama qilinayotgan mavzu – öqişni köçirişga aloqador bölib turibdi. Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov respublikadagi bir OTMdan boşqasiga öqişni köçirişda (“içki perevod”) korrupsiya saqlanib qolayotgani, şuning uçun ham bu yönalişni tartibga soliş vaqti yetganini aytdi.

Endilikda faqat 2 ta holatda talabaga öqişni köçirişga ruxsat beradigan yangi tartib joriy qilinadi:

  • turmuş qursa;
  • davlat xizmatçisining işi boşqa joyga ötsa.

Öqişni köçiriş uçun vazirning xati talab qilinadi.

Norozilik nimadan?

Öqişni köçirişga ruxsat beriladigan toifalarning qisqarişi böyiça Kun.uz'ga köplab murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatçilar yangi tartib haqida oldinroq ma’lumot berilmagani, heç bölmasa yaşaş hududiga öqişni köçirişga ruxsat berilmayotganidan norozi bölişmoqda.

Ba’zilar fikriga köra, mutaxassislik fanlari töğri kelgan yönalişlarga öqişni köçirişga ruxsat berilişi kerak, talabalarning xohlagan joylarida öqişga haqqi bor. Yangi tartib bu yil faqat ogohlantiriş sifatida bölib, keyingi yildan kuçga kirişini sörayotganlar ham bor.

Köplab talabalar yaşaş hududiga yoki öz mutaxassisligi böyiça (turdoş) boşqa OTMga öqişi köçirilişiga ruxsat berilişini xohlaydi. Tartib keyingi yildan amalga kiritilib, keyingi yil talaba böladigan talabalar tayyor holda öqişga topşirişsin, deb hisoblovçilar ham köp. Yana seziladiki, öqişni köçiriş istagida yozayotganlarning aksari öqişga hujjat topşirganda keyingi yil özi xohlagan OTMga öqişini köçirişiga işongan, biroq “perevod”ga ruxsat beriladigan toifalar qisqarişi ularning bu rejalari amalga oşmay qolişiga sabab bölişi mumkin.

Nega özgariş qilinyapti?

Mavzu muhokamalarga sabab bölgaç, vazir Abduqodir Toşqulov Xuşnudbek Xudoyberdiyevning Telegram-kanalida talabalar bilan taşkillaştirilgan audioçatda qatnaşdi va yangi tartib böyiça izoh berdi.

Abduqodir Toşqulovning aytişiça, oliy ta’lim tizimida xalqning işonçini qozoniş qiyin keçyapti. Qilinayotgan har bir özgariş muhokamalarga sabab bölmoqda.