Rossiyadagi «Rossotrudniçestvo» («Roşamkorlik») davlat korxonasi rahbari örinbosari vazifasida işlab kelgan Natalya Poklonskaya lavozimidan ozod qilindi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin boşqa işga ötişim munosabati bilan «Rossotrudniçestvo» rahbarining örinbosari lavozimidan çetlatilişim töğrisida farmon imzoladi. Prezidentimizga işonç va qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildiraman», deb yozgan Qrim sobiq prokurori Telegram-kanalida.

Prezident farmonida Poklonskayaning iste’fosi sababi keltirilmagan, uning özi esa qaror u boşqa işga ötayotgani munosabati bilan qabul qilinganini aytgan. U aynan qanday işga ötayotganiga aniqlik kiritmagan.

Rus naşrlarida allaqaçon Poklonskaya haqida tanqidiy maqolalar çop etilib, uning uruşni qöllamaganlar qatorida bölgani tanqid bilan eslandi.

Bir oy muqaddam Germaniyadagi Der Freitag naşriga bergan intervyusida Poklonskaya «rahbariyat qançagaça ruxsat bersa» şunça vaqt davomida «Rossotrudniçestvo»da işlaşini, çunki u bu orqali odamlarga yordam berişi mumkinligini aytgandi.

Vladimir Putin Poklonskayani «Rossotrudniçestvo» rahbari örinbosarligiga 2 fevral kuni tayinlagandi. Idorada u vatandoşlari huquqlarini himoya qiliş bilan maşğul bölgan.

«Natalya Vladimirovna faoliyati davomida vatandoşlar huquqlari uçun qörqmas va samarador kuraşçi ekanini namoyiş etib, inson huquqlari himoyasi bilan şuğullangan, Ukrainaning ozod etilgan hududlariga [Rossiya hukumati uruş vaqtida bosib olingan hududlarni şunday ataydi - tahr. BBC], gumanitar yordamlar yetkazib berdi va bizning harbiy asirlarimiz vatanga qaytişi uçun juda köp iş qildi», deyiladi idoraning telegram-kanalida.

Natalya Poklonskaya Ukrainadagi uruşni qöllamagan kam sonli rossiyalik rasmiylardan biri böldi.

Aprel oyi oxirida u «Jivoy gvozd» loyihasi jurnalistiga bergan intervyusida Z harfi Rossiya uçun ham, Ukraina uçun ham fojia va qayğu ramziga aylanganini aytgandi.

«Ha, çunki rus askarlari ham halok bölmoqda va ota-onalar turliça xabarlar olişmoqda. Bu - falokat. Axir mudofaa vazirligi şunça odam halok bölgani, şunça odam yaralanganini aytmoqda. Axir bu quvonçlimi? Yöq», - degandi u.

Keyingi kuniyoq Poklonskayaning boşliği, «Rossotrudniçestvo» rahbari Yevgeniy Primakov bu sözlarni «ma’lum bir ixtiyoriylik va davlat xizmatçisining erkin fikrini ifoda qilişi» dab atadi va xulosa qilişga va’da berdi.