Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Özbekiston Respublikasi maktabgaça ta’lim vazirligi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida poytaxtimizdagi 482-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida "Zukko Bolajon" foto-albomi taqdimotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zolari, Maktabgaça ta’lim vazirligining mas’ullari, poytaxtimizda joylaşgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari mudiralari, muassasa tarbiyalanuvçilari iştirok etişdi.

Tadbirda “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ustida yurtimizdagi taniqli olimlar, pedagog-psixologlar, ekspertlar va soha mutaxassislari iştirokida milliy an’analarimizga xos ta’lim-tarbiya, yöqolib borayotgan odob-axloq me’yorlarini yodga soladigan 50 dan ortiq holatni özida aks ettirgan ssenariy loyihalari işlab çiqilgani va suratga oliş işlari boşlangani ma’lum qilindi. Uşbu albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, şoir-yozuvçilar va sportçilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirişga hissa qöşadigan xulosalar asosida töldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.

Taqdimot marosimida “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zolari, bolalar psixologlari,Maktabgaça ta’lim vazirligi mutasaddilari bolalar bilan bevosita muloqotda bölişdi.

“Zukko Bolajon!” loyihasi doirasida fotokörgazma hamda “Karvon” xalq qöğirçoq teatri tomonidan tomoşalari namoyiş yetildi.