Namanganda 20 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötgan uşbu bahsdan avval ikki jamoa ham turnirning final qismiga yöllanma olişga ulgurgan va bu bahs guruh ğolibini aniqlab berişi lozim edi.

Uçraşuvning 8-daqiqasida Eldor Şomurodovning uzatmasidan keyin Jaloliddin Maşaripov hisobni oçdi – 1:0.

23-daqiqada esa bu safar ham Şomurodovning assistidan keyin Azizbek Turğunboyev çap oyoqda darvozabonning uzoq burçagini nişonga oldi – 2:0.

Şu tariqa, Sreçko Katanets şogirdlari maksimal 9 oçko jamğarib, 1-örinni egallagan holda Osiyo kubogi-2023ga yöllanma oldi. Tailand esa 6 oçko bilan 2-örinni egallagan bölsa, Maldiv 3, Şri-Lanka guruhni sönggi örinda yakunladi.

Osiyo kubogi-2023 saralaşi. 3-tur
Özbekiston – Tailand – 2:0
Namangan, «Markaziy» stadion. 21 405 tomoşabin
Boş hakam: Hasan Akromiy (Eron)
Gollar: Jaloliddin Maşaripov 8, Azizbek Turğunboyev, 23.
Özbekiston: 12.Ötkir Yusupov, 8.Dilşod Saitov, 2.Umarbek Eşmurodov,  5.Rustam Aşurmatov,  4.Farrux Sayfiyev,  7.Otabek Şukurov, 9.Odil Hamrobekov, 19.Azizbek Turğunboyev (22.Oybek Bozorov, 52), 10.Jaloliddin Maşaripov (15.Oston Örunov, 66), 21.Igor Sergeyev (6.Sardor Sobirxöjayev, 66), 14.Eldor Şomurodov (11.Şerzod Temirov, 82).
Tailand: 23.Sivarak Tedsungen, 2.Sasalan Haipraxon, 4.Pansa Hemvibun, 15.Tanabun Kesarat, 19.Tristan Do, 3.Tiraton Bunmatan, 6.Saraç Yuyyen, 8.Zitifan Puangjan, 11.Bordin Fala, 16.Fitivat Sukjitzammakul, 17.Çavvat Srinavong.