“Öquv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar örta ta’lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta’lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvçilari, jami 680 ming nafar yoşlarning bandligini ta’minlaş böyiça muhim vazifa turibdi”, dedi prezident.

Barça hokimlar:

  • bitiruvçilar bilan şaxsan uçraşadi;
  • ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uçraşuvlar aniq vaqti, joyi va telefonlarini e’lon qiladi;
  • uçraşuvlarda rektorlar, yirik iş beruvçilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham iştirok etadi;
  • bitiruvçilar işga ehtiyoji, qiziqişi va könikmalarini örganib, ular balansini şakllantiradi;
  • iş beruvçilar ehtiyojidan kelib çiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlaşni taşkil etadi.

Bu işlarni amalga oşiriş uçun joylarda doimiy işlaydigan ştablar tuzilişi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoşlar va ota-onasi bilan tizimli muloqotni yölga qöyişi, kelib tuşadigan har bir murojaat tezkor körib çiqilişi şartligi belgilandi.