Qizalog‘ining onasiz qolishini istamagan turmush o‘rtog‘i uzoq vaqtdan buyon xorijda ishlab topganini ayolini davolatishga sarflaydi. Tinimsiz muolajalar sabab o‘zlari yashab turgan uyning yarmini va avtomobilini ham sotishgan.
Shunga qaramay bemorning ahvoli kun sayin og‘irlashib, xastalikning eng og‘ir darajasiga yetib kelishi ularni qiyin vaziyatga solib qo‘yadi. Muazzamxonni asrab qolishning yagona yo‘li xorijda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish operatsiyasi edi. Bu operatsiya uchun ularda yetarli mablag‘ bo‘lmasa-da yaqinlari va saxovatli insonlar yordamida Hindistonga ketishgan.
Xorijdagi klinikada Muazzamxonga o‘z singlisi Gulhayo jigarining bir parchasini bergan. Opa-singillar 15 soat davom etgan murakkab operatsiyani boshdan kechirishdi. Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, bemorning hayotini saqlab qolish oson bo‘lmagan. Murakkab operatsiyadan chiqqan opa-singillar endi undan ham mushkul vaziyatda qolishmoqda. Bemorning hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotiga bor mablag‘larini to‘lab, endilikda klinikadan katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolishgan.
“Uyimizning yarmini sotdik, mashinamizni ham... Ikki kun avval og‘ir operatsiyadan chiqdim. Yaqinlarimiz, yaxshi odamlar ko‘magida to‘plangan bor mablag‘imizni operatsiya uchun to‘ladik. Yana 6-7 ming AQSh dollari atrofida qarz bo‘lib qoldik.
7 yoshli qizim bor. Uning yoniga, vatanga qaytish uchun hamyurtlarimizning yordamidan umidvormiz”, deydi bemor.
Muazzamxon Qurbonovaga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0417 7120 7116 otasi Hasanboy Faxriddinov nomida
Humo: 4073 4200 8154 2056 bemor Muazzamxon Qurbonova nomida
Sberbank: 4279 3806 8469 7974 qarindoshi Abdulhay Faxriddinov nomida











