Amerikalik milliarder, Microsoft kompaniyasi hammuassisi Bill Geyts raqamli aktivlar — kriptovalutalar va özaro almaştirilmaydigan tokenlarni (NFT) narxi ortiqça baholangan yolğon deb atadi.

Geytsning fikriça, NFT va kriptovalutalarning ommaviyligi «yuz foiz katta ahmoq nazariyasiga» asoslangan.

Uşbu nazariyaga köra, narxi ortiqça baholangan aktivlarning qiymati ösişda davom etadi, çunki ularni kelgusida qimmatroqqa sotiş imkoniyati mavjud – bu aktivlarni qimmatroqqa sotişni möljallagan boşqa xaridor - «katta ahmoq» har doim topiladi.

Geytsning sözlariga köra, kriptovalutalar va tokenlar na uzun, na qisqa aktivlar toifasiga kiradi.

Bill Geyts ötgan yili ham kriptovalutalarni tanqid qilgan, bitkoynlar investorlar uçun xatarli, kriptovaluta mayningi atrof-muhit uçun zararli ekanini aytgandi.