O‘zbekiston | 12:58 / 16.06.2022
3696
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadan O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi va Uzbekistan Airways vakolatxonasi vakillari Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) raisi Xiroyuki Takaxashi bilan muzokaralar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda Yaponiyadan sayyohlar oqimini qayta tiklash va O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar avvalida mamlakatda turizmni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, chet ellik sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xorijlik sayohat ishqibozlarining mamlakat bo‘ylab xavfsiz sayohat qilishi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilgani haqidagi ma’lumotlar yapon tomoniga taqdim etildi.

JATA rahbari O‘zbekiston tomonining diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgani 30 yilligi doirasida joriy yili charter havo qatnovlarini amalga oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Pandemiyaga qadar O‘zbekistonga yapon sayyohlari oqimi salmoqli darajada ortgani ijobiy tamoyili e’tirof etilib, Yaponiya jamoatchiligi O‘zbekistonga qiziqishi katta ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida yapon tomoni bilan joriy yil oktyabrida O‘zbekistonga JATA delegatsiyasi tashrifini uyushtirish va Toshkent - Tokio - Toshkent yo‘nalishida avgust-oktabr oylarida charter havo qatnovlarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid