Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişi kutilmoqda.
Ilhom Aliyevning Özbekistonga qilinadigan uşbu taşrifi arafasida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarboyjon davlat turizm agentligi hamkorligida uşbu mamlakatning turizm salohiyati, madaniyati, tarixiy va madaniy obektlari, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida bir guruh özbekistonlik jurnalistlar uçun infotur uyuştirildi.
Uşbu infotur doirasida Diaspora bilan işlaş böyiça davlat qömitasiga bölgan taşrifda Qömita rahbari örinbosari Faik Guliyev jurnalistlar bilan suhbatda Ozarboyjon rahbarining Özbekistonga taşrifi haqida ma’lum qildi.
Unga köra, Aliyevning Özbekistonga taşrifi doirasida ikki davlat örtasida yölga qöyilgan samarali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning 16 may kuni Ilhom Aliyev Özbekiston delegatsiyasini qabul qilgan va bu qabulda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov prezident Şavkat Mirziyoyev uning Özbekistonga taşrifini kutayotganini ma’lum qilgan edi.












