Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh adliya vaziri ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tekshirishda hamkorlikni muhokama qilish uchun Ukrainaga bordi
Avvalroq AQSh davlat departamenti Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi harbiy jinoyatlarga aloqador degan xulosaga kelganini ma’lum qilgandi.
AQSh adliya vaziri Merrik Garland ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tekshirishda o‘zaro hamkorlik masalasini muhokama qilish uchun e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainada bo‘lib turibdi, deb xabar berdi ABC telekanali.
"Bosh prokuror Garland Ukrainaga e’lon qilinmagan tashrifni amalga oshirdi", - deya adliya vazirligi vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirdi ABC.
Vakilning ma’lumot berishicha, Garland Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova bilan "harbiy jinoyatlarni tekshirishda hamkorlik qilish bo‘yicha AQShning sa’y-harakatlarini muhokama qiladi".
Avvalroq AQSh davlat departamenti Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi harbiy jinoyatlarga aloqador degan xulosaga kelganini ma’lum qilgandi. Rossiya tomoni bu ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026