AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen 20 iyun, duşanba kuni keçqurun Kanadaga taşrifi çoğida Rossiyaning neft daromadlarini qisqartiriş va «jahon iqtisodiyoti uçun salbiy oqibatlarning oldini oliş» maqsadida AQŞ hamkor davlatlar bilan neft narxi yuqori çegarasini belgilaş böyiça muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, gap bir vaqtning özida bir neçta natijalarga erişadigan narx çegarasini yoki narx istisnosini belgilaş haqida ketmoqda - ğarbning Rossiya energiya taşuvçilariga qarşi sanksiyalarini kuçaytiriş va Rossiya neftining narxini pasaytiriş, Rossiya hukumati daromadlarini qisqartiriş hamda jahon bozorida neft hajmini oşiriş közda tutilgan. 

AQŞ moliya vazirining fikriça, neft narxini çeklaş ayni paytda energiya va oziq-ovqat narxlarining yuqoriligidan aziyat çekayotgan «past daromadli va rivojlanayotgan mamlakatlar uçun salbiy oqibatlarning» ham oldini oladi. 

Janet Yyellen kanadalik hamkasbi Xristey Friland bilan muzokaralar çoğida şu mavzuga töxtaldi. Ottavadagi muzokaralarda Ukrainadagi uruş fonida strategiya, yuqori inflatsiya va global ta’minot zanjirlari bilan boğliq muammolar kabi masalalar ham muhokama qilindi.