Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda necha kun dam bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi.
Foto: Shutterstock
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9 iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflariga 50 foizlik chegirma e’lon qilinadi.
2021 yil fevral oyi boshida prezident «O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, asosiy bayram kunlarida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam oladi.
Prezidentning joriy yil 30 apreldagi farmoniga muvofiq, davlat rahbarining 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risidagi farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, 11 iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat’i nazar) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilandi.
Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlarning dam olish kuni 16 iyul, shanba kunidan 12 iyul, seshanba kuniga ko‘chirildi.
Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 12 iyul, seshanba kuni ham qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti 2022 yil 9 iyulga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:
- 2022 yil 9 iyul - shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);
- 2022 yil 10 iyul - yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni);
- 2022 yil 11 iyul - dushanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
- 2022 yil 12 iyul - seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni).
Mavzuga oid
19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi
18:34 / 05.06.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi
09:53 / 05.06.2025