Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida taşkilot xodimi onlayn qimor qurboni bölganligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanişiça, Boyovut tumani qişloq xöjaligi bölimi yetakçi mutaxassisi vazifasida işlab kelgan T.B. 2022 yil 13 iyun kuni özi işlab kelgan tuman qişloq xöjaligi bölimi ma’muriy binosining ikkinçi qavatidagi böş xonasida, işi bilan boğliq bölmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan şaxsiy muammolari sababli xona eşigining tösiniga sirtmoq bilan böyin qismidan osib, öz joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boşliği, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari va tuman prokuraturasi tergovçisi tomonidan közdan keçirilib, bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryoda  «Xalq banki» Uzun filiali sayyor kassiri 278 nafar fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini soxta imzo qöyib özlaştirgan va pullarning bir qismini onlayn qimor öyiniga tikib yuborgandi.