Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 iyun kuni Turkmanistonga boradi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov xabar bergan.

Putin Turkmaniston poytaxti Aşxoboddagi Kaspiy sammitida iştirok etadi. Sammitga Turkmaniston mezbonlik qilişi haqida bir kun avval Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar bergan edi.

Oxirgi marta bunday formatdagi sammit 2018 yil Qozoğistonda ötkazilgan. Unda Kaspiy böyidagi davlatlar Qozoğiston, Turkmaniston, Eron, Ozarboyjon va Rossiya yetakçilari iştirok etgan. Öşa sammitda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi töğrisida konvensiya qabul qilingan.

10 iyun kuni Putin Moskvada Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedovni qabul qilgan edi.

Ma’lumot uçun, Putin Ukrainada uruş boşlangaç, ilk marta Rossiyadan taşqaridagi tadbirda qatnaşadi. Rossiya prezidenti 14-15 sentabr kuni ŞHT sammitida iştirok etiş uçun Samarqandga kelişi ham e’lon qilingan.