Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Maslahat, nasihat, iltimos” – Toshkentda ekobloger va obodonlashtirish xodimlari noodatiy piket o‘tkazdi
“Onang tengiman-ku, bolam, mehnatimni qadrla”, “Mashinadan axlat uloqtirma, bolam”, “Inson bo‘l, insofli bo‘l, toza yasha, orqangdan toza yer qoldir”… Toshkent shahrida obodonlashtirish xizmati xodimlari bilan aholini tozalikka chorlaydigan piket o‘tkazildi.
22 iyun kuni Toshkent shahri Bunyodkor stadioni atrofida obodonlashtirish xodimlari bilan “Maslahat, nasihat, iltimos” shiori ostida noodatiy piket o‘tkazilgan. Unda ishchilar odamlarni ko‘chaga chiqindi tashlamaslikka targ‘ib qiladigan so‘zlar yozilgan bannerlar ko‘tarib olishgan.

G‘oya muallifi, ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova piket va bunga aholining munosabati haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.
“Yaqinda bir homiyga obodonlashtirish xodimlariga xayriya sifatida nok tarqatishda yordamlashdim. Shu orada o‘zim anchadan beri o‘ylab yurgan piketni ham tashkillashtirdik. Obodonlashtirish xodimlariga berilgan bannerlar oldindan tayyor edi. Ishchilarga bu nima maqsadda qilinayotgani, bannerda nima deb yozilgani hammasi tushuntirilgan. Ular buni yaxshi qabul qilishdi, xursand bo‘lishdi”, – deydi u.

Mo‘tabarning aytishicha, bu virusli xabar bo‘lib, juda ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga qo‘ygan. Lekin biroz dilni xira qiladigan tomoni, rasmlarni tarqatayotganlar mualliflik huquqini saqlamasdan, o‘z kanallari, ijtimoiy sahifalari nomidan e’lon qilib yuborishgan.

“Nima bo‘lganda ham bu post odamlarni ekologiya, tozalikka e’tiborga o‘rgatadi, deb o‘ylayman”, – deydi ekobloger.

Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026