Özbekiston umumiy taşqi qarzi 2022 yil boşiga nisbatan 1,8 foizga yoki 721,5 mln dollarga qisqarib, 1 aprel holatiga 38,8 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.

“Joriy yilning I çoragida jahonda geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qiliş sekinlaşişi va asosiy qarz böyiça tölovlarning amalga oşirilişi taşqi qarz qoldiğida aks etdi”, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
I çorak davomida davlat taşqi qarzining sof kamayişi, kurslar va narxlar özgarişini inobatga olganda 1,5 foiz yoki 345,4 mln dollarni taşkil etib, 23,4 mlrd dollargaça, xususiy taşqi qarz esa 15,5 mlrd dollar bölib, 2022 yilning boşiga nisbatan 2 foizga yoki 376 dollarga qisqargan.

Qayd etilişiça, hisobot davrida xususiy sektor tomonidan 1,2 mlrd dollar miqdorida taşqi qarz jalb qilingan. Uşbu mablağlarning 389 mln dollari banklar, 217 mln dollari toğ-kon va metallurgiya sanoati, 171 mln dollari neftgaz va energetika sektoridagi korxonalar va 455 mln dollari iqtisodiyotning boşqa sektorlari hissasiga töğri kelgan.

















