Özbekça «taxtlar öyini». Bir asrda 37 xon almaşgan Xivadagi «xonlar öyini» yoxud «xonbozi»
|01:56 / 01.03.202368 37111 min
Özbekiston juda uzoq va qiziqarli tarixga ega. Undagi voqealar asosida maşhur «Taxtlar öyini» seriali bilan bemalol bellaşa oladigan filmlar oliş mumkin. Xususan, XVII asr oxiridan XIX asr boşlarigaça Xiva xonligida davom etgan «xonlar öyini» davri bunga yorqin misol. Bu davrni butun Özbekiston tarixidagi eng tartibsiz davr deyiş mumkin.
Buxoro xonligi (keyinçalik amirligi) özining butun mavjudligi davomida (1533-1920 yillar) jami öttizga yaqin xon va amir körgan bölsa, Xiva xonligida deyarli bir asrda (1695-1804 yillarda) 37 marta xon almaşgan. Bu davrda Xiva xonligi taxti uçun kuraşga Buxoro xonligi, Eron, turkmanlar, qozoqlar ham aralaşgan edi. Natijada xonlikda şunday tartibsizlik paydo böldiki, tarix hatto yarim kunlik xonlarni ham köradi. Aholi qaşşoqlaşadi, şaharlar vayronaga aylanadi.
Xonlikdagi vaziyat
Xiva xonligiga 1511-1512 yillarda asos solingan. Bu xonlikka ham Buxoro xonligi bilan bölgani kabi Jöjining beşinçi öğli Şaybon avlodlari poydevor qöyadi. Biroq Xorazm şayboniylari va Buxoro şayboniylari örtasida sulolaviy qonli nizo mavjud edi. Xivaning birinçi hukmdori Elbarsxonning otasi Berke sulton Şayboniyxon tomonidan Daşti Qipçoq taxti uçun kuraşda öldirilgandi.
Şu bois, bu ikki özbek xonligi özaro duşman bölib, köpinça uruş holatida bölgan. Dastlab Ubaydullaxon I, söngra Abdullaxon II Xivani Buxoroga böysundiradi.
Ubaydullaxon 1537 yilda Xorazmga qöşin tortib, Elbarsxonning beşinçi öğli Avaneşxonni mağlub etadi va uni qatl qiladi. Ikki yildan söng Avaneşxonning avlodlari köçmançi turkmanlar yordamida buxoroliklarni Xivadan haydab çiqarişga erişadi.
1593 yilda Abdullaxon II bir neça yurişlardan söng Xorazmni egallab oladi. Xiva xoni Hojimxon Eronga, şoh Abbos huzuriga qoçib ketadi. Abdullaxon II vafot etgaç, Hojimxon Erondan qaytadi va yana Xiva xonligi mustaqilligini tiklaydi.
Xonlikning Buxoro tomonidan ikki bor zabt etilişi xonlar nufuziga ta’sir körsatmay qolmaydi. Içki kuraş kuçayadi. Markaziy hokimiyat esa kuçsizlanadi.
Hojimxonning öğli Arab Muhammadxon davrida Xivada siyosiy beqarorlik boşlanadi. 1621 yilda xonning ikki öğli otasiga qarşi isyon kötaradi. Arab Muhammadxon yengiladi va nopok öğillar otasining köziga mil torttirib, keyinroq qatl qildiradi. Bu vaqtda xonning boşqa öğillari – Asfandiyorxon Eronga, Abulğozi Bahodirxon Buxoroga qoçgandi.
Abulğozi Bahodirxon
Otasi halok bölganini eşitgaç Asfandiyorxon turkmanlar yordamida Xivaga hujum boşlaydi. U muvaffaqiyatga erişadi va otasining qotili bölgan ikki inisini qatl ettiradi.
Mavzuga oid
Taxtni turkmanlar yordamida egallagan Asfandiyorxon davrida turkmanlarning xonlikdagi obröyi oşadi va özbeklar bilan ziddiyat kuçayadi. Natijada özbeklarning katta qismida Asfandiyorxonga qarşi kayfiyat şakllanadi. Oxir-oqibat ular xonning ukasi, Abulğozi Bahodirxonni Qalmoq xonligidan çaqirib oladi va uni Asfandiyorxon vafotidan söng taxtga ötqazadi.
Abulğozi Bahodirxon va uning öğli Anuşaxon davrida Buxoro bilan uruşlar köpayadi. Abulğozixon va Buxoro xoni Abdulazizxon örtasida tuzilgan tinçlik şartnomasi Anuşaxon tomonidan buziladi. U Buxoro xonligiga katta yuriş qilib, Samarqandni egallaydi. Buxoro xonligi şaharlarini talon-toroj qiladi.
Biroq 1685 yil Ğijduvon yaqinida jiddiy mağlubiyatga uçraydi. Aynan mana şu voqeadan keyin Xivada haqiqiy beqarorlik, «xonlar öyini» boşlanib ketadi.
Anuşaxon
«Xonlar öyini» yoki «xonbozi»
Anuşaxon Buxorodan Xivaga qaytgaç, Buxoro xoni Subhonqulixon tomonidan tuzilgan Xiva saroyidagi fitnaçilar guruhi fitnasi qurboni böladi. Bu fitnada uning öğli Ernak (Arangxon) ham iştirok etadi. Anuşaxon 1686 yilda taxtdan tuşirilib, köziga mil tortiladi. Uning örniga öğli Xudoydodxon taxtga ötqaziladi. Biroq tez orada u ham öldirilib, inisi Arangxon taxtga çiqadi. Lekin Arangxon ham 1688 yil öldiriladi.
Şundan söng yana ikki xon (Jöji sulton va Valixon) taxtga ötqazilib, öldiriladi. Va nihoyat Xiva xonligi taxtini Subhonqulixon tomonidan tayinlangan noib Şohniyoz egallaydi.
Rossiya imperatori Pyotr Iʼga Xivani öz vassalligiga olişni sörab xat yozgan Şohniyoz hukmronligi ham uzoq davom etmaydi. Subhonqulixon 1702 yilda vafot etişi bilanoq Şohniyoz ham Xiva taxtidan tuşiriladi. 1702 yildan 1715 yilgaça bölgan muddatda yana beş nafar xon (Şohbaxt, Sayid Ali, Muso, Yodgorxon va Eşim Sulton) almaşadi.
Xonlarning tez-tez almaşinuvi va öz kuçiga ega bölmasligi viloyat hokimlari va qabila boşliqlarining markaziy hokimiyatdan mustaqilligi kuçayişiga olib keladi. Xiva xonligida bir vaqtning özida bir neça kişini xon deb e’lon qiliş boşlanadi. Mamlakat butunlay tartibsizlik içida qoladi. Bir tomondan özbek, boşqa tomondan turkman qabilalari ta’siri kuçayadi. Qöşimçasiga qozoqlar ham xonlik işlariga aralaşa boşlaydi.
Şunday bölsa-da, Xiva xoni Şerğozixon 1714-1717 yillarda xonlikka kirib kelgan Aleksandr Bekoviç-Çerkassiy boşliq Rossiya harbiy ekspeditsiyasini tor-mor qilişga erişadi. Bu voqea Rossiyaning Markaziy Osiyoga bosqinçilik yurişlarini keçiktirişiga sabab böladi.
1728 yilda Xivadagi qullar qözğoloni oqibatida Şerğozixon va uning mulozimlari qatl qilinadi. Taxtga qozoq xoni qarindoşi bölgan yoş xon ötqaziladi. Biroq juma kuni ertalab taxtga ötqazilgan xon, juma namoziga borayotib, yölda otdan yiqilib halok böladi. Şu sabab ham unga Sari Ayğirxon deb nom berişadi.
Şubhasiz, xonning otdan yiqilişi oldindan uyuştirilgan fitna edi. Şundan söng Xiva xonligi taxtiga boşqa bir qozoq sultoni Elbarsxon ötiradi.
Elbarsxon davrida ham özbeklar va turkmanlar bilan kuraş töxtamaydi. Elbarsxonning özi 1740 yilda Eron şohi Nodirşoh bilan jangda halok böladi. Xiva taxtiga boşqa qozoq sultonlari — Tohirxon va Abulxayrxon ötqaziladi. Biroq Abulxayrxon Nodirşohdan qörqib qoçib ketadi (jami 6 kun xonlik qiladi). Xiva Eron qöşini tomonidan bosib olinadi.
Eron şohi Nodirşoh
Tez orada Orolböyi özbeklari Abulxayrxonning öğli Nurali boşçiligida mustaqillik uçun kuraş boşlaydi va 1741 yili eronliklarni Xorazmdan haydab çiqaradi. Taxtga Nurali ötiradi.
Lekin Nuralixon real kuçga emas edi. Eronliklar Marvda Elbarsxonning öğli Abu Muhammadxonni Xiva xoni deb e’lon qiladi. Nodirşohning öğli Nasrullo 1741 yildayoq Xivaga yuriş qiladi hamda Nurali va uning tarafdorlaridan Xivani tortib oladi. Taxtga Abulğozixon II ötqaziladi.
1746 yil manğitlar uruği fitnasi sabab Abulğozixon II ham öldiriladi. Nodirşohning ruxsati bilan taxtga Abulxayrxonning ukasi Ğoyibxon ötiradi. Ğoyibxon davrida xonlikda qozoqlar ta’siri kuçayadi.
Natijada xonlik özbeklari 1756 yilda qözğolon kötaradi va Ğoyibxon qozoq daştlariga qoçib ketadi. Hokimiyatni uning ukasi Qoraboyxon egallaydi.
Endi «taxtlar öyini»ga Buxoro amiri aralaşadi. Buxoro hukmdori Muhammad Rahimxon Xiva taxtiga öz odami bölgan Temur Ğozixonni çiqaradi. Temur Ğozixon davrida xonlikda qönğirot uruği ta’siri kuçayadi. Temur Ğozixon ham 1763 yilda saroy fitnasi qurboni böladi va Xiva taxtiga yana qozoq sultoni — Tavkaxon ötiradi. Ammo u ham bir yildan keyin taxtdan tuşiriladi.
1770 yilgaça Xiva taxti uçun Buxoro amirligi, Qozoq xonligi va qönğirot sulolasi örtasida şiddatli kuraş boradi. 1764-1770 yillar oraliğida yana beş nafar xon (Şoh Ğozixon, Abulğozixon, Nuralixon, Bulakayxon va Jahongirxon) almaşadi. 1770 yilda nihoyat qönğirot uruğidan bölgan Muhammad Amin inoq amalda Xiva hukmdorligini qölga kiritadi. Biroq u ham xuddi Buxorodagi manğitlar singari çingiz uruğidan bölmagani bois taxtga qöğirçoq hukmdorlarni qöyişda davom etadi. 1804 yilga qadar yana öndan oşiq xonlar almaştiriladi.
Bu an’ana 1804 yildagina töxtatiladi. Muhammad Amin inoqning nevarasi Eltuzar şu yili soxta xon Abulğoziy V’ni taxtdan tuşiradi va özini xon deb e’lon qiladi. Şu bilan Xivada rasman özbeklarning qönğirot uruği hukmronligi örnatiladi va bir asrdan oşiqroq vaqt davom etgan «xonlar öyini» yakun topadi.
«Xonbozi» sabablari va oqibatlari
Xivadagi «xonlar öyini» yoxud «xonbozi» davri şubhasiz xonlikni butunlay oğir ahvolga solib qöyadi. Xonlikdagi vaziyat şunçalik çigal, tartibsiz ediki, rus qöşinini yenggan Şerğozixondek kuçli hukmdor ham bu öyinni töxtata olmaydi. Aksinça, uning özi ham şu öyin qurboniga aylanadi.
«Xonbozi» davrining asosiy sababi Xivada markaziy hokimiyat avvaldan kuçli bölmagani edi. Ya’ni hukmdor özbeklar bir-biri bilan kuraşda turkman, qozoqlar yordamidan foydalanadi va öz ta’sirini zaiflaştiradi. Xonlar davlatni boşqarişda asosan öz uruğlariga tayanadi.
Qolaversa, Xiva xonlari juda köp uruş olib boradi. Ular Buxoro xonligi, içki Xuroson, Manğişloq yarimoroliga doimiy bosqin uyuştirib turadi. Ayniqsa, Buxoro bilan uruşlar xonlikning tinkasini quritadi.
«Xonlar öyini»ning boşlanişi ham Anuşaxonning Buxoroga yurişi bilan boğliq edi. Şu yurişdan söng Subhonqulixon Xivada fitnaçi guruh şakllantirdi va Xiva xoni saroyi muhitini buzib yubordi.
Şuningdek, qozoqlar, turkmanlarning doimiy bosqinlari, manğitlar, naymanlar va Orolböyi özbeklarining muntazam kuraşlari xonlik mustahkamlanişiga yöl bermasdi. Xonlar ba’zi davrlarda faqatgina beşta şaharni boşqarar edi, xolos. Xonlikning qolgan qismi amalda mustaqil bölgandi.
XIX asrda qönğirotlar tartibni tiklagan bölsa ham, xonlik allaqaçon xonavayron bölgandi. Töxtovsiz uruşlar sabab iqtisodiyot izdan çiqqan, savdo-sotiq keskin kamaygan, şaharlar vayronaga aylangandi. Munisning «Firdavs ul-iqbol» asarida yozilişiça, ahvol şu darajada bölganki, Xivada bor-yöği 40-50 xonadon qolgan. Tinimsiz uruşlardan çarçagan aholi xonlikdan köçib ketgan.
Oqibatda butun dunyo jadal rivojlanayotgan vaqtda Xiva xonligi qoloqligiça qolib ketadi. Xonlikda oddiy suğoriş inşootlari ham buzilib ketgan, aholi katta maşaqqatlar bilan hosil yetiştirardi. Yetiştirilgan hosilni esa soliqçilar olib ketardi. Xonlik uzoq vaqt davomida öz puliga ham ega bölmagan. Buxoro yoki Eron tangalaridan foydalangan.
Şunday qilib, şafqatsiz, töxtovsiz taxt uçun kuraşlar özbek xonligini qoloqlik botqoğiga botirdi va uning tez orada Rossiya mustamlakasi ostida qolişiga asosiy sabab böldi.