Taşkil topiş, yuksaliş va xotima. Özbek xonliklari çegaralarining yangi xaritalari
|01:50 / 28.03.202389 53512 min
Özbek tarixçiligida xaritaşunoslik bilan boğliq muammolar yetarliça. Ğarbning turli davlatlarida mamlakat tarixidagi deyarli har bir yil uçun xaritalar mavjud. Özbekistonda esa köpinça bir xil, hammaga taniş bölib ketgan xaritalardan foydalaniladi va tarixning katta qismi uçun maxsus xaritalar yöq. Masalan, xonliklar davriga oid.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Buxoro xonligi yoxud amirligi
XVI asrda Abulxayrxonning nevarasi bölmiş Şayboniyxon bir neça yillik kuraşlar natijasida Movarounnahrda yangi özbek davlatiga asos soladi. Bu saltanat dastlab Şayboniylar davlati deb ataladi.
1533 yil Şayboniylar saltanati taxtiga ötirgan Ubaydullaxon I mamlakat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga köçiradi. Buning sababi uning otasi Mahmudxon (Şayboniyxonning ukasi) Buxoro voliysi (hokimi) bölgani edi. Şundan söng bu davlat poytaxt şahar nomiga asoslanib Buxoro xonligi deb atala boşlanadi.
Buxoro xonligining 1533 yil, Ubaydullaxon I taxtga kelgan davrdagi çegaralari.
Foto: Muhammadqodir Sobirov
Şayboniyxon 1505 yil Xorazm, oradan ikki yil ötib Xurosonga yuriş qiladi va Vazir, Köhna Urganç, Hirot, Maşhad, Damğon, Astrobod kabi şaharlarni egallaydi. Biroq 1510 yil Şayboniyxonning fojiali ölimidan söng bu yerlar Safaviylar saltanati tasarrufiga ötib ketadi. 1512 yili şayboniy uruğining boşqa bir vakili Elbarsxon Xorazmda Samarqanddan mustaqil Xiva xonligiga asos soladi. Şayboniyxon avlodlari qöl ostida Movarounnahr va Şarqiy Turkiston yerlari qoladi.
Bir qança vaqt içki uruşlar girdobida qolgan Buxoro xonligi Abdullaxon II davrida barqaror va kuçli davlatga aylanadi. Aynan Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoro xonligi öz qudrati çöqqisiga çiqadi. Abdullaxon II nafaqat içki kuraşlarga barham beradi, balki xonlik hududini kengaytirib, Xurosonning Maşhad, Nişopur va Sabzavor şaharlarini safaviylardan tortib oladi. Xiva xonligiga yuriş qilib, uni Buxoro xonligiga qöşib oladi.
Şarqda esa Qoşğarni ham öz davlati tarkibiga kiritadi. Abdullaxon II davrida özbek davlatçiligi sönggi bor ulkan sarhadlarga ega böladi. Hatto Sibir xonligi ham Abdullaxonga siyosiy qaram bölib qoladi. Abdullaxon Amir Temurdan söng Turon zaminida ikkinçi eng yirik özbek davlatni barpo qilgandi.
Abdullaxon II hukmronligining sönggi yillarida Buxoro xonligi hududi
Foto: Muhammadqodir Sobirov
1598 yilda Abdullaxon II vafot etgaç, u qurgan ulkan davlat ham zavolga yuz tutadi. Xorazm mustaqillikka erişadi, safaviylar Xurosonni egallaydi. Qozoq xoni Tavakkalxon Buxoroga bostirib kirib, Toşkent, Jizzax, Xöjand va Samarqandni bosib oladi. Uning Buxoroga hujumi muvaffaqiyatsiz tugaydi va qozoqlar ortiga haydab yuboriladi. Şunday bölsa-da Toşkent, Turkiston va Taroz şaharlari Qozoq xonligi tarkibiga ötib ketadi. 1601 yil, Abdullaxon II vafotidan uç yil ötib, mamlakatda Şayboniylar sulolasi hukmronligi ham barham topadi va Buxoro taxtiga Aştarxoniylar (yoxud Joniy) sulolasi keladi.
Mavzuga oid
Aştarxoniylardan Imomqulixon Buxoro hududini ança kengaytiradi. Jumladan, Toşkent va Taroz şahri xonlik ixtiyoriga qaytarib olinadi. Imomqulixondan söng taxtga kelgan Nodir Muhammad va Abdulazizxon davrida saltanat çegaralari katta özgarişga uçramaydi. Faqatgina 1680 yilda, junğorlar hujumidan söng halokatga yuz tutgan Qoşğar xonligining ba’zi hududlari Buxoro xonligi tomonidan egallab olinadi.
Buxoro xonligi çegaralari 1680 yilda. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Abdulazizxondan söng taxtga kelgan Subhonqulixon davrida çegaralardagi eng katta özgariş Xiva xonligining yana Buxoro xonligiga qöşib olinişi böladi. Biroq bu uzoq davom etmaydi. Subhonqulixondan söng Buxoro taxtiga ötirgan Ubaydullaxon II mustaqillikka intilayotgan viloyatlar bilan töxtovsiz kuraş olib boradi. Bir tomondan Balx hokimi Mahmud qatağon, boşqa tomondan Farğonadagi ming sulolasiga qarşi kuraşgan Ubaydullaxon 1711 yil fitna qurboniga aylanadi. Uning ölimidan söng Balx va Farğona vodiysi Buxoro xonligi tarkibidan çiqib ketadi.
Ubaydullaxon II ölimidan söng Buxoro xonligi çegaralari. 1711 yil
Foto: Muhammadqodir Sobirov
1740 yili Buxoro va Xivaga Eron şohi Nodirşoh bostirib kiradi va har ikki xonlikni öziga böysundiradi. Eronga qaramlik 1747 yilga qadar davom etadi. Şu yili Nodirşoh öldirilganidan söng Buxoroda katta mavqega erişgan özbeklarning manğit qabilasi yetakçisi Muhammad Rahimbiy aştarxoniy hukmdor Abulfayzxonni öldiradi. Muhammad Rahimbiy taxtga aştarxoniylar vakillari bölgan qöğirçoq hukmdorlarni ötqaza boşlaydi. Nihoyat 1756 yili Muhammad Rahimbiy Buxoroni töliq öz boşqaruviga oladi, biroq an’anaga köra faqatgina çingiz naslidan bölgan insonlargina xon rutbasini olişi mumkinligi bois Muhammad Rahimbiy özini xon emas «Amir ul-möminiyn» deb e’lon qiladi.
Şu tariqa, Buxoro xonligi Buxoro amirligiga aylanadi. Manğitlardan amir Şohmurod nafaqat öz adolatparvarligi, balki harbiy muvaffaqiyatlari bilan ham alohida ajralib turadi. Amir Şohmurod 1788 yili Buxoro tarkibidan çiqib ketgan Afğoniston şimolidagi yerlarni amirlikka qaytaradi, Marv ham yana Buxoro mulkiga aylanadi. Afğoniston şimolidagi yerlar (Çor viloyat: Andxöy, Şibirğon, Saripul va Aqça) 1845 yilga qadar Buxoro amirligi tasarrufida qoladi.
Amir Şohmurod hukmronligining sönggi yillarida Buxoro amirligi. 1800 yil
Foto: Muhammadqodir Sobirov
Şohmuroddan keyin taxtga kelgan amir Haydar va Nasrullo asosan içki nizolarni bartaraf qiliş bilan şuğullanadi. Nasrullo 1842 yil Qöqon xonligini Buxoroga böysundirişga erişadi, ammo şu yilning özidayoq Qöqon mustaqillikni qaytarib oladi. Amirning Qöqonga ikkinçi yurişi Xiva xonining Buxoroga hujumi sabab bekor qilinadi. Aynan Nasrullo davrida Afğon Turkistoni yoxud çor viloyat butunlay Afğoniston ixtiyoriga ötib ketadi.
1868 yil Rus imperiyasi qöşinlari Buxoroga bostirib kiradi. Buxoro amiri Muzaffar xonlik mudofaasini uyuştira olmaydi va Buxoro Rossiya protektorati (vassal) bölib qoladi. 1873 yil 28 sentabr kuni amir Muzaffar Turkiston general-gubernatori fon Kuafmanning «döstlik» haqidagi şartnomasiga qöl qöyadi. Şartnomaga köra, Buxoro amirligining Samarqand, Urgut, Jizzax, Panjikent va Kattaqörğon bekliklari Rossiya tarkibiga ötadi.
Buxoro amirligining Çor Rossiyasi hujumlaridan keyingi çegaralari, 1873 yil.
Foto: Muhammadqodir Sobirov
Buxoro amirligi taşqi siyosatda Rossiyaga qaram bölsa-da, içki siyosatda birmunça mustaqillikka ega böladi. 1917 yil Rossiyadagi fevral inqilobidan söng Buxoroda ham amir hokimiyatiga qarşi harakatlar boşlanadi. Ammo amir Olimxon qulay fursatdan foydalanib davlatni mustahkamlaş borasida yetarli işlarni amalga oşirmaydi va 1920 yil 30 avgust kuni bolşeviklar hujumidan söng Buxorodan qoçib ketadi. Bolşeviklar ta’siri ostida Buxoro Xalq sovet respublikasi tuziladi. Bu davlat 1924 yil 27 oktyabrda tugatiladi va uning hududi Özbekiston SSR va Tojikiston ASSR tarkibiga kiritiladi. Şu bilan tört yuz yilga yaqin hukm surgan Buxoro davlati xotima topadi.
Xiva xonligi
Xiva xonligiga 1512 yil şayboniy Elbarsxon tomonidan asos solinadi. Xiva xonligi paydo bölganidan toki Rossiya imperiyasi vassaliga aylanguniga qadar Orolböyi, Manğişloq, Saraxs, Dehiston va Darun hududlarini asosan öz nazoratida uşlab turadi. Turkman qabilalari ham goh xonlik tarkibida, goh undan mustaqil bölib yaşaydi.
Xiva xonligi, 1515 yil. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Xiva xonligi juda köp vaqt içki uruşlar girdobida qoladi. Bu Xiva xonligida markaziy hukumatning kuçli bölmagani bilan izohlanadi.
Xiva xonligi markazlaşgan hokimiyat va eng katta çegaralarga özbeklarning qönğirot uruğidan çiqqan (qönğirot uruği Xiva taxtini 1770 yil qölga kiritgan edi) Muhammad Rahimxon I davrida erişadi. Muhammad Rahimxon Xivaga doimiy böysunuvçi hududlardan taşqari Sirdaryoning quyiliş qismi va qoraqalpoqlarning Qönğirot hududlarini böysundiradi. Şuningdek, Rahimxon 1820 yil Marvni Buxorodan tortib olişga muvaffaq böladi.
Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Muhammad Rahimxondan söng ham xonlik hududlari sezilarli darajada kiçrayadi. Içki kuraşlar va isyonçi turkman qabilalari bilan doimiy uruşlar xonlikning sillasini quritadi va Xiva ham 1873 yil Buxoro kabi Rossiya protektoratiga aylanadi. Xiva xonligi va Rossiya örtasida imzolangan Gandimiyon şartnomasiga köra Amudaryoning öng qirğoğidagi yerlar Rus imperiyasi ixtiyoriga ötadi. 1880-1885 yillarda olib borilgan yuriş natijasida turkman qabilalari ham Rossiya tarkibiga ötgaç, Xiva tasarrufida faqatgina Amudaryoning çap qirğoğidagi yerlar qoladi.
Xiva xonligi yerlari, 1873 yil. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Xiva xonligi ham Buxoro kabi 1920 yilda Xiva Xalq sovet respublikasiga aylantiriladi va 1924 yilda uning yerlari Qoraqalpoğiston, Turkmaniston va Özbekiston SSR tarkibiga qöşib yuboriladi.
Qöqon xonligi
Qöqon xonligi XVIII asrda Farğona vodiysida taşkil topadi. Yangi mustaqil davlatni dastlab Çodak xöjalari boşqara boşlaydi, biroq 1709 yili özbeklarning ming qabilasidan bölgan Şohruxbiy xöjalar hokimiyatiga çek qöyadi. Xonlikning birinçi poytaxti etib Tepaqörğon şahri tanlanadi. Şohruxbiyning öğli Abdurahimbiy poytaxtni Qöqonga köçiradi.
Qöqon xonligi, 1710 yil. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Qöqon xonligi tarkibiga Farğona vodiysidan taşqari, Şarqiy Turkistonning ba’zi qismlari ham kiradi.
Qöqon xonligi hududi Olimxon davridan tez kengaya boşlaydi. Olimxon Toşkent, Sayram va Xöjand şaharlarini xonlik tarkibiga qöşib oladi. Uning ukasi Umarxon esa bir neça yuz yillardan beri Buxoro hukmdorlari qöl ostida bölgan Turkiston şahrini Qöqon xonligiga böysundiradi. Şuningdek, Umarxon Sirdaryo böyi yerlarini Buxorodan tortib olişga muvaffaq böladi.
Qöqon xonligi Umarxonning öğli Muhammad Alixon (Madalixon) davrida eng katta sarhadlarga ega böladi. Madalixon hozirgi Şimoliy Qirğiziston, Janubiy Qozoğiston yerlarini, Öratepa, Qorategin, Darboz, Kölob bekliklarini öziga böysundiradi. Şuningdek bir neça bor Qoşğarga ham yuriş uyuştiradi.
Qöqon xonligi, 1825 yil. Foto: Muhammadqodir Sobirov
Biroq Madalixon hukmronligining sönggi yillari omadsiz keçadi. Madalixon boşqaruvidan norozi bölgan bir guruh bek va dindorlar Buxoro amiri Nasrullodan Madalixonni taxtdan yiqitişni söraydi. Natijada 1842 yil Qöqon devorlari ostida paydo bölgan Buxoro qöşini şaharni egallaydi va talon-toroj qiladi. Madalixon va onasi Nodirabegim qatl etiladi, Qöqon xonligi yerlari esa Buxoro amirligiga qöşib olinadi.
Şu yiliyoq Buxorodan mustaqillikka erişilgan bölsa ham Qöqon xonligining keyingi tarixi turli guruhlarning özaro kuraşlaridan iborat böladi va xonlik qayta markazlaşgan kuçli davlatga aylana olmaydi. Bu esa xonlikning Rossiya imperiyasi uçun tayyor öljaga aylanişiga olib keladi. Qattiq qarşilikka qaramay, Xöjand egallanişi bilan Buxorodan uzilib qolgan Xudoyorxon 1868 yil Qöqonni Rossiyaga qaram davlatga aylantiruvçi sulhni imzolaşga majbur böladi. Ammo Buxoro va Xiva bilan uruş yakunlangaç hamda Qöqonda rus hukmronligiga qarşi harakat boşlangaç, ruslar xonlikni butkul tugatişga qaror qiladi. 1876 yili Qöqon xonligi davlat sifatida butunlay tugatiladi.
Keyinçalik sobiq Qöqon xonligi hududlari Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston SSR hamda Tojikiston ASSR tarkibiga kiritiladi. Şuningdek, xonlik yerlarining bir qismi Xitoy ixtiyoriga ötib ketadi.