Loyiha “Xalq sözi” gazetasining bugun, 25 iyul kungi sonida e’lon qilindi. Loyiha elektron şaklda Meningkonstitutsiyam.uz portaliga ham joylanişi kutilmoqda.

Qonun loyihasi har bir bandga alohida izoh qoldiriş mumkin bölgan regulation.gov.uz portaliga joylaştirilişi masalasi oçiq qolmoqda.

Avvalroq Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Kun.uz'ga bergan intervyusida Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritilgaç, “yangi huquqiy makon” yaratilişi, natijada har bir fuqaro, xususan amaldagi davlat rahbarida ham öz nomzodini prezidentlikka ilgari suriş imkoniyati bölişini aytgandi.

Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga özgarişlar referendum ötkaziş orqali qabul qilinişini e’lon qilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston prezidentining vakolat muddati 2011 yilda 7 yildan 5 yilga qisqartirilgandi.