Madaniy meros agentligi Toshkentda Shota Rustaveli haykali olinganiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan Shota Rustaveli haykali olinayotgani haqida xabar e’lon qilindi. Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi ushbu masala yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Madaniy meros agentligi
Qayd etilishicha, Shota Rustaveli monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu ko‘cha obodonlashtirilmoqda. Madaniy meros agentligining ilmiy ekspert kengashi tomonidan loyihaga ruxsat berilgan. Unga asosan haykal asli saqlangan holda, salobatini yo‘qotmaslik maqsadida 50 santimetrga balandroq ko‘tarish uchun vaqtinchalikka olingan.

“Shu o‘rinda shahrimiz aholisi hamda blogerlarga yurtimizdagi madaniy meros obektlarini himoya qilishga befarq bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashga tayyormiz”, deyiladi ma’lumotda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda

22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi

09:36 / 10.05.2024
Nurafshonda Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi

18:22 / 19.01.2023