Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida 400 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketdi
May oyida 400 ming o‘zbekistonliklar qarindoshlarni yo‘qlash uchun xorijga chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun holatiga O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 400 ming kishi.
Bundan tashqari, dam olish maqsadida 55,5 ming kishi, o‘qish maqsadida 16,2 ming kishi chetga chiqib ketgan.
Shuningdek, davolanish uchun 3,1 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 1,5 ming kishi chiqib ketgan.
Bundan oldin 4 oyda 790 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026