Toşkent şahrida tungi salqinlik yöqolgan, deb yozyapti blogerlar. Qolaversa, havo sifatining yildan yilga yomonlaşayotgani ham Özbekiston uçun endi yangilik emas. Bu sanoat korxonalari, işlab çiqarişning ortgani, transport köpaygani fonida yuz berayotgani bor gap. Lekin köp ham e’tibor qilinmaydigan tamaki mahsulotlari ekologiyaga 4-5 tomondan zarba beryaptiki, bu ma’lumotlar köpçilik uçun yangilik bölişi mumkin.

Bir neça daqiqalik rohat uçun qurbon tabiat

Sigaret ekologiyani ham işlab çiqariliş jarayoni, ham tutuni, ham qoldiği bilan zararlaydi. Bu qanday sodir böladi?

1 soat içida örab qadoqlanadigan sigaretlar uçun 6 kilometr qoğoz sarflanadi. Har 300 dona sigaret uçun bitta daraxt yöq qilinadi. Bu –kuniga 20 donali 1 quti sigaret çekadigan odam oyiga 2ta daraxtning qotiliga aylanadi degan gap.

Sigaret işlab çiqarişda eng muhim ösimlik – tamaki seryomğir tropik örmon mintaqasida yetiştiriladi. 1950 yillarda kiçik-kiçik hududlarda yetiştirila boşlangan tamakilar, talab oşgani sari kattaroq maydonlarni egallayapti. Natijada yirik-yirik örmonlar insoniyatning bir neça daqiqalik rohati uçun qurbon qilinyapti.

Tanzaniyaning Usenge şahrida joylaşgan Tabora qişloğidagi mahalliy tamaki yetiştiruvçi fermerlarning tasdiqlaşiça, tamaki uçun öta ziç joylaşgan örmonlar kesib taşlaniş holatlari köpaygan. Tamaki Osiyo va Afrika davlatlaridagi 5 foiz örmonlar yöqolişiga sabab böladi. Bu – xuddi özi şundoq ham zörğa nafas olayotgan dunyo öpkasini asta-sekin yemirişga öxşaydi.

Foto: PXHERE

Qaniydi, tamakining zarari şu yerda töxtasa. Yöq, bu xuddi domino öyiniga öxşaydi. Örmonlar qisqarişi bilan hayvonot va ösimlik dunyosida bioxilmaxillik yöqoladi, global harorat kötarilişda davom etadi, tamaki yetiştirilgan dalalarda tuproq eroziyasi boşlanadi.