Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 25 iyun kuni soat 21:20 larda 4R-286 Döstlik-Manas avtomobil yölining Döstlik tumani «Manas» MFYdan ötgan 16-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

«Manas» MFYda yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan haydovçi öz boşqaruvida bölgan VAZ-2106 maşinasi bilan M39 xalqaro avtomobil yönalişi bilan ketayotib, özidan oldinda harakatlanayotgan «Manas» MFY da yaşovçi velosiped haydovçisini urib yuborgan.

Oqibatda, 1979 yilda tuğilgan jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Döstlik tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Foriş tumanida haydovçi VAZ-2105 maşinasi bilan piyodani urib yuborib qoçib ketgan, oqibatda jabrlanuvçi voqea joyida vafot etgandi.