Xususan, amaldagi Konstitutsiyaning taşqi siyosatga doir tartiblar belgilangan yagona 17-moddasi birinçi qismini quyidagiça töldiriş taklif qilinmoqda:

«Özbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning töla huquqli sub’yektidir. Uning taşqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiliş, davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boşqa qoidalari va normalariga asoslanadi».

Uşbu moddaga kiritilayotgan qöşimça bilan taşqi siyosatga oid ikkita yangi prinsip, xususan «inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiliş» hamda «davlatlarning hududiy yaxlitligi» kiritilmoqda.

Uşbu normalar Konstitutsiyada inson huquq va manfaatlari va uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlaş, taşqi siyosatning umume’tirof etilgan prinsiplari va xalqaro şartnomalarda belgilangan qoidalarning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlaşga qaratilgan.

Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev ham Konstitutsiyaning 29 yilligi munosabati bilan sözlagan nutqida Konstitutsiya normalarini hayotga töla tatbiq etiş hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlaş borasida köp iş qilinişi kerakligi haqida aytgan edi.

Bu kabi normalar BMT Nizomi, uşbu taşkilotning Xalqaro huquqning prinsiplari töğrisidagi Deklaratsiyasi va Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik böyiça Konferensiyasining Yakunlovçi Aktida ham mavjud.

Loyihaga köra, Konstitutsiyaning 17-moddasiga quyidagi yangi qism kiritilmoqda.

«Özbekiston barça davlatlar bilan döstona va tinçliksevarlik taşqi siyosatini olib boradi».

Uşbu norma prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil 20 iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uçraşuvda bergan takliflari asosida kiritilmoqda. Uçraşuvda davlat rahbari «Asosiy qonunimizga Özbekiston barça davlatlar, eng avvalo, özining yaqin qöşnilari bilan tinçlikparvar va döstona siyosat yuritişi, uning taşqi siyosati inson huquq va erkinliklarini hurmat qiliş, davlatlarning hududiy yaxlitligiga oid prinsip va normalarga asoslanişi haqidagi moddani qöşiş»