Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 may holatiga O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarini yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 790 ming kishi.

Bundan tashqari, dam olish maqsadida 181 ming kishi, o‘qish maqsadida 53 ming kishi chetga chiqib ketgan.

Shuningdek, davolanish uchun 12 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 4,2 ming kishi chiqib ketgan.

Bundan oldin O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida qariyb 1,2 mln kishi kelgani xabar qilingandi