Şu kabi holatlarni körganda, kimnidir jahli çiqadi, kimdir sökinadi, yana kimdir muammoga şunçaki bee’tibor ötib ketolmaydi – fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilib, unga yeçim izlaydi.

Toşkent şahar hokimligi 2021 yil fevral oyida ayni şu kabi muammolarni manzilli aniqlaş va yeçişni maqsad qilgan “Xalq nazorati” platformasini işga tuşirgan edi.

Xöş, bugungi kunda ilova orqali kutilgan maqsadlarga qançalik erişilmoqda? “Xalq nazorati” işonçni oqlayaptimi? Qaysi tuman portal faoliyatiga töğri yondaşyapti-yu, qay biri e’tiborsiz munosabatda?

Kun.uz muxbiri ayni platforma faoliyati böyiça Toşkent şahar hokimi örinbosari Aleksey Xen bilan intervyu uyuştirdi.

— Aleksey aka, sönggi vaqtlarda “Xalq nazorati” platformasi haqida köp gapirilyapti. Masalan, undagi oxirgi reytingga qaraydigan bölsak, ayrim tumanlar yaxşi işlagan, ayrimlari yomon va yana ayrim tumanlar va’daboz bölib çiqqan. Lekin şunday bölsa-da, hammani ham bu ilovadan xabardor deb bölmaydi. Dastlab, mana şu ilova töğrisida töliqroq ma’lumot bersangiz.

— Prezidentimizning 2020 yil 17 martda “Raqamli Toşkent” dasturi böyiça qarori çiqqandi. Mana şu dastur doirasida “Xalq nazorati” portalini yaratiş böyiça şahar hokimiyatiga topşiriq ham berilgan edi. Şundan keyin, bu vazifani bajarişga Raqamli rivojlaniş departamenti mas’ul etib belgilandi va şu departamentning kuçi bilan portal taşkil qilindi.

Hozirga kelib bu portalning faoliyat yuritayotganiga bir yildan oşdi. Uning boşqa portallardan farqi 3 ta jihatdan iborat.

Birinçisi – ortiqça byurokratiyadan xoli. Deylik, portal – mobil ilova. Istalgan odam şahar infratuzilmasi, quriliş yoki obodonlaştiriş tizimi böyiça qandaydir kamçilikni körsa, ilova orqali suratga oladi va avtomatik ravişda manzilini körsatadi hamda qisqaça izoh beradi. Bu yerdagi asosiy yönalişlar – quriliş, obodonlaştiriş hamda şahar infratuzilmasi hisoblanadi.

Şuni alohida qayd etiş kerakki, bu – insonlarning şaxsiy muammosi bilan şuğullanadigan portal emas. Aynan şahar muammosi bilan boğliq işlarga mas’ul hisoblanadi.

Demak, birinçi afzalligi – ortiqça byurokratik jarayonlarning kamaygani. Fuqarolar muammoni suratga oladi, avtomatik ravişda qayerda joylaşganini aniqlaydi va qisqaça izohdan keyin murojaat tegişli mutasaddiga avtomatik yuboriladi. Ortiqça jarayonlar yöq.