Marhum Ruslan Qidiraliyevning yaqinlariga bu haqda jinoyat işini yuritayotgan tergovçi Qurbon Polvonnazirov xabar bergan. Holat böyiça Qarşi harbiy prokuraturasi dastlabki tergovni boşlagan.

Sodir etilgan jinoyat işi böyiça tegişli ekspertizalar tayinlangan. Ekspertiza Respublika idoralari tomonidan ötkazilişi belgilangan. Ekspertiza çoğida Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi neçoğli töğri ekaniga ham baho beriladi.

Özbekiston qonunçiligida dastlabki tergov muddati uç oy etib belgilangan. Biroq marhumning yaqinlariga aloqaga çiqqan tergovçi iş yurituvini 3 oygaça çöziş niyatida emas ekanliklari, ekspertiza natijalariga qarab jinoyat işini imkon qadar tezroq sudga oşiriş harakatida ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida 18 yaşar askar Ruslan Qidiraliyevning ölimiga “Yurakning surunkali işemik kasalligi. Yurak gipertrofiyasi. Kardioskleroz. Aorta va yurak toj tomirlari aterosklerozi” sabab bölgani, ekspertiza tekşiruvi jarayonida marhumda “ötkir yurak va qon-tomirlari yetişmovçiligi, boş miya va öpka şişi” körinişidagi kasalliklar asoratlari aniqlangani qayd etilgan edi.

Biroq marhumning yaqinlari Kun.uz'ga bergan intervyusida ekspertiza xulosasiga işonmayotganlarini aytişgan. Ularning fikriça, agar Ruslanda qandaydir surunkali kasallik bölganida bu tibbiy köriklar vaqtida aniqlangan va u harbiy xizmatga olinmagan bölardi.

Bundan taşqari, Rinat Sauletovning aytişiça, marhum farzandining jasadida momataloq izlari bölgani, biroq ölim haqidagi tibbiy guvohnomada marhumning tanasidagi kökariş va qizariş sabablari haqida lom-mim deyilmagan. Ota-onaning taxminiça, farzandlarining jasadidagi momataloq izlari aynan kaltaklaşlardan qolgan va ular Ruslanning vafotiga şu narsa sabab bölgan deb öylaşmoqda.

Kun.uz suriştiruvi davomida oddiy askar Ruslan Qidiraliyevning ölimi bilan boğliq talay savollar oçiq qolayotgani ma’lum bölgandi.