Polşa qöşni Belarus bilan çegarada devor qurilişini yakunladi. Bu haqda 30 iyun, payşanba kuni Polşa içki işlar vaziri Mariuş Kaminskiy ma’lum qildi. «Biz örnatgan tösiq Lukaşenkoning dahşatli diktaturasidan ajratib turadi», dedi Kaminskiy Kuznitsa çegara hududida. Tösiq konstruksiyasining balandligi 5,5 metrni taşkil qiladi. Uning qurilişiga qariyb 350 million yevro sarflangan. Uzunligi 186 kilometrni taşkil etadi - Polşa-Belarus çegarasining yarmidan biroz kamroq.

Polşa Içki işlar vazirligi rahbarining sözlariga köra, Belarus hududidan kuzatilgan muhojirlar oqimi «kattaroq ssenariyning bir qismi, butun mintaqa, butun Markaziy va Şarqiy Yevropani beqarorlaştiriş ssenariysi» edi. «Bu Ukraina bilan uruşga tayyorgarlik edi», - deya qöşimça qildi vazir.

Varşava hukumati çegaradagi muhojirlarni Belarusga qaytarişni osonlaştiriş uçun avvalroq milliy qonunçilikni özgartirgan edi. Huquq himoyaçilari uşbu tuzatişlarni tanqid qilib, ular xalqaro huquqqa zid ekanligini, çunki muhtojlarning boşpana söraşiga tösqinlik qilayotganini ta’kidladilar.

«Polşa odamlarning Yevropa ittifoqiga qoçişiga devorlar va qonunçilikdagi özgarişlar orqali tösqinlik qilar ekan, himoya izlayotganlar Belarus hukmdori Lukaşenkoning adolatsiz rejimiga duçor bölişadi», deya ma’lum qildi Pro Asyl taşkiloti. «Polşa çegarasini kesib ötişga muvaffaq bölganlar avtomatik ravişda qamoqqa tuşişadi», deya qöşimça qildi huquq himoyaçilari.

Polşa 2021 yilda Yaqin Şarqdan muhojirlar oqimi keskin oşganidan keyin Belarus bilan çegarada devor qurişga qaror qildi. Minsk bu odamlarni Yevropa ittifoqiga keyinçalik jönatiş maqsadida mamlakatga kiritgan. Polşa içki işlar vazirining ta’kidlaşiça, tösiq bir neça himoya çiziğidan iborat bölib, zamonaviy elektron qurilmalar, xususan, harakat datçiklari, şuningdek, keça-yu kunduz köriş kameralari bilan jihozlanadi. Tepaga tikanli simlarning spirallari biriktiriladi.

Polşa va Yevropa ittifoqining boşqa davlatlari hukumatlari Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni inqirozli hududlardan qoçqinlarni Yevropa ittifoqi taşqi çegarasiga yetkazişni taşkillaştirganlikda aybladi. 2021 yil may oyi oxirida Lukaşenko Minsk Belarus orqali Yevropa ittifoqiga kirişga uringan noqonuniy muhojirlarni qölga olişni töxtatgani haqida e’lon qildi. 

Şundan söng, Yaqin Şarq mamlakatlaridan Minskka parvozlar soni sezilarli darajada oşdi va Belarus hududidan Yevropa ittifoqiga borişga intilayotgan migrantlar oqimi keskin köpaydi. Minskning «gibrid hujumi»ga javoban YeI beşinçi sanksiyalar paketini, jumladan, Yaqin Şarqdan Belarusga migrantlarni taşiydigan aviakompaniyalarga qarşi sanksiyalarni joriy qildi.