Yoşlar kuni munosabati bilan bölib ötayotgan tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyev internetda özbek milliy kontentini yaratiş va rivojlantiriş uçun 10 mlrd söm mablağ ajratilişini aytdi.
«Hozir vikipediya tarmoğida Özbekiston haqida 10 mingtadan ortiq maqolalar borligini eşitib xursand böldim.
Ana şu tajriba asosida, internet tarmoğida özbek milliy kontentini rivojlantiriş dasturi amalga oşiriladi», dedi davlat rahbari.
Qayd etilişiça, Özbekiston tarixini matnli va video kontentlar orqali tarğib qilişga alohida e’tibor qaratiladi va 100 nafar buyuk özbek alloma va mutafakkirlarning internetdagi ma’lumotlar bazasini yaratiş, ularning asarlarini ommalaştiriladi.
«Vikipediyada özbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkaziş va xorijiy tillarda ham Özbekiston haqidagi ma’lumotlarni joylaştiriş yaxşi samara berişi şubhasiz.
Uşbu maqsadlar uçun 10 milliard söm mablağ yönaltiriladi.
Bunday tadbirlarga, bilimli va şijoatli volontyor yoşlarni jalb qiliş hamda ularning faoliyatini tizimli ravişda rağbatlantirib boriş lozim», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

















