Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi o‘tgan yilning oktyabr oyida shu tumanda ro‘y bergan ommaviy janjal (voqeaning bir qismi quyidagi videoda aks etgan) ishtirokchilari ustidan hukm o‘qidi.

Ma’lum qilinishicha, J. A., M. X., S. M., S. X. va dastlabki tergovda aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2021 yil 31 oktabr kuni soat 22:00 larda pichoq va boshqa buyumlar bilan qurollanib, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan “SamPI” savdo majmuasi oldida J. I., A. T., A. K., S. A. va D. M. ni o‘ldirish va zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish maqsadida ularga hujum qilgan.

Bundan xavfsiragan J. I., A. T., A. K., S. A. va D. M. hodisa joyidan qochib yashiringan.

B. T. Toshkent viloyati Yuqorchirchiq tumani “Iyk ota” MFY Baxt ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Shodlik” nomli ko‘ngilochar maskanning hammom-saunasida ma’mur bo‘lib ishlab, 2021 yil noyabr oyining boshlarida S. M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mazkur ko‘ngilochar maskan ish yurituvchisi D. Sh. ning ko‘rsatma va talablariga zid ravishda, faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirib, o‘zlarini ko‘ngilochar maskan hammom-saunasi egasidek faraz qilib, ushbu hammom-saunada fohishaxona tashkil qilib, u yerga kelgan mijoz va xizmat ko‘rsatuvchi fohisha ayollar o‘rtasida ular tomonidan qo‘yilgan talablarning rioya etilishini ta’minlab, D. Sh. ning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganlar.

Bundan tashqari, S. M. bilan B. T. o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, mazkur obektda 2021 yil noyabr oyining boshlaridan 2021 yil 1 dekabr kuniga qadar mijozlarga R. A., N. S., U. Ya., R. A., A. V. va boshqa ayollarning shahvoniy xizmatlarini taklif qilish yo‘li bilan pul evaziga ularga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, ko‘rsatilgan intim xizmatlar uchun har bir mijozdan olingan 200 ming so‘m miqdoridagi pullardan 50 ming so‘mini ulush sifatida qo‘lga kiritib kelganlar.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

J. A. Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda