Muzlagan köl ustiga qöngan Boeing 707: Kareliyada Janubiy Koreya samolyotiga nega raketa zarbasi berilgandi?
|17:37 / 02.07.202234 21111 min
1978 yilda Janubiy Koreyaga tegişli Boeing 707 samolyoti Parijdan Seulga parvoz qilayotganda adaşib SSSR hududiga ötib ketadi. Şundan söng samolyotga raketa bilan zarba beriladi va unga zarar yetadi. Oqibatda Boeing 707 qulab tuşmaslik uçun Kareliyadagi muzlagan kölga favqulodda qönişga majbur böladi.
Foto: fishki.netFoto: fishki.net
Sobiq ittifoq davrida çegarani buzib ötgan köplab xorij samolyotlari urib tuşirilgan. Ular orasida fuqaro aviatsiyasiga tegişli yölovçi samolyotlari ham bölgan. 1978 yilda Janubiy Koreyaning Korean Air Lines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 707 samolyoti bilan sodir bölgan hodisa ham ulardan biri hisoblanadi.
Boşqalardan farqli ölaroq, bu hodisada faqat ikki kişi halok böladi. Samolyotga ham unça zarar yetmaydi. Hodisaning ahamiyatli tomoni, öşanda Boeing 707 uçuvçilari yölovçilarni asrab qoliş uçun samolyotni muzlagan köl yuzasiga qöndirişga majbur böladi.
Boeing 707 va parvoz
Kareliyada muz ustiga favqulodda qöngan Boeing 707 1967 yilda işlab çiqarilgan va 10 yildan oşiq AQŞning Pan American aviakompaniyasiga xizmat qilgandi.
Foto: Pikabu.ru
1977 yil samolyotni Korean Air Lines sotib oladi va Seul-Ankorij-Parij yönalişida foydalana boşlaydi.
1978 yil 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:40 da Parijdan Seulga qarab parvoz qiliş uçun samoga kötarilgan samolyot bortida 12 nafar ekipaj a’zosi va 97 nafar yölovçi bölgan. Yölovçilardan 5 nafari bolalar edi.
Samolyot Seulga borişdan avval Şimoliy muz okeani tepasidan uçib ötib Alyaskadagi Ankorij şahriga qönişi, söng u yerdan Janubiy Koreya poytaxtiga uçişi lozim edi.
Öşa kuni uçuvçilar giroskopik yarimkompasda yönalişni belgilaşda xatolikka yöl qöyişadi. Natijada samolyot Grenlandiya orolining tepasiga yetganda yönalişdan adaşadi va ortga qaytib Kola yarim oroli tepasiga kelib qoladi.
Çegarani buzgan samolyotni qöndirişga uriniş
1978 yil 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:54 da Murmansk viloyatidagi Ribaçiy orolidagi radiolokatsion stansiya yerdan 9 ming metr balandlikda notaniş samolyot SSSR havo hududiga kirganini qayd etadi.
Aloqaçilar samolyotdagilarga maxsus parolli signal jönatişganida u javob bermaydi. Şundan söng ular bu haqda mudofaa vazirligiga xabar berişadi.
Çegarani buzib kirgan samolyot harbiylar tomonidan yuborilgan signalga ham javob bermaydi. Bu paytda u Kola yarim oroli tepasida uçib ketayotgandi. Darhol Murmansk viloyatida joylaşgan Afrikanda harbiy aerodromidan Su-15 samolyoti havoga kötariladi.
Mavzuga oid
Birozdan söng Su-15 komandiri ştabga SSSR çegarasini buzib ötgan samolyotga iyerogliflar yozilgani haqida xabar beradi.
Keyinçalik Su-15 komandiri Aleksandr Basov özini söroq qilgan KGB tergovçilariga şunday degandi:
«Buyruqni bajarayotib men 12-13 minut davomida Boeing 707’ga bir neça marta yaqinlaşdim va va xalqaro qoidalar böyiça uning uçuvçilariga qöniş lozimligini bildirib signal yubordim. Ammo ular signallarimni e’tiborsiz qoldirişdi».
Şuningdek, Janubiy Koreya samolyoti ekipajiga zudlik bilan ortga qaytiş va Finlandiya tomonga ötiş haqida signal yuboriladi. Ular buni ham bajarişmaydi.
Şundan söng SSSR Havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi qömondoni Su-15 komandiriga çegarani buzib ötgan samolyotni urib tuşiriş haqida buyruq beradi.
Su-15 mansub bölgan 57-aviapolk komandiri qömondonlikka çegarani buzib ötgan samolyot harbiy emas, balki fuqaro aviatsiyasiga tegişli ekanini aytib, uni urib tuşiriş xato bölişi haqida aytadi. Qömondonlik esa çegarani buzgan samolyotni urib tuşiriş haqidagi buyruqni zudlik bilan bajarişni talab qiladi.
Samolyotga zarba berilişi va muzlagan kölga qöniş
1978 yil 20 aprel, mahalliy vaqt bilan soat 21:42 da Su-15 Boeing 707’ni nişonga oladi. Uçirilgan raketa samolyotdagi ikkinçi dvigatelga yaqin joyga tegadi. Şundan söng Boeing 707 uçuvçilari sovet harbiylari samolyotni urib tuşirmoqçi bölayotganini tuşunib yetadi va pastlay boşlaydi.
Boeing 707 pastlaşni boşlaganda Su-15 yana ikkita raketa uçiradi, ammo ular samolyotga tegmaydi.
Dastlab parvoz qilgan Su-15ning yonilğisi tugagani uçun uning örniga yana ikkita boşqa Su-15 samolyotlari havoga kötariladi. Bu paytda Boeing 707 Kareliyadagi Korpiyarvi kölining muzlagan yuzasiga qönayotgan edi.
Foto: fishki.net
Muzlagan köl ustiga qöngan Boeing 707 darhol sovet harbiylari tomonidan örab olinadi.
Tunda Boeing 707 yölovçilari pastga tuşirilib, ularga tibbiy yordam beriladi. Ana şunda raketa bilan zarba berilganda samolyot bortida bölgan 1 nafar yölovçi halok bölgani, öndan ortiq odam jarohatlangani oydinlaşadi. Raketa zarbasi berilganda samolyotning fyuzelyaji teşiladi va uning borti sovib ketib, ayrim yölovçilarni sovuq uradi. Boşqalari esa raketa zarbasi berilgan paytda tekkan temir bölaklaridan yaralanadi.
21 aprel kuni ertalab Boeing 707 yölovçilari va ekipaj a’zolarini vertolyotlar yordamida harbiy aerodromga olib borişadi. Söng avtobuslar bilan Karelidagi Kem şahriga olib ketişadi. Yölda jarohatlangan yölovçilardan biri vafot etadi.
Rasmiy xabar va hodisaning boşqaça talqin qilinişi
1978 yil 21 aprel kuni keçki payt «Vremya» körsatuvida hodisa haqida ma’lumot beriladi. Ma’lumotda 20 aprel kuni tunda SSSR çegarasini noma’lum samolyot buzib kirgani, samolyotga yaqin oradagi aerodromga qöniş buyruği berilgan bölsa-da, uçuvçilar buyruqqa böysunmay Kem şahri yaqinidagi muzlagan kölga qöngani aytiladi.
Şuningdek, samolyot qönganidan söng u Janubiy Koreya aviakompaniyasiga tegişli Boeing 707 ekani ma’lum bölgani va holat yuzasidan suriştiruv olib borilayotgani ma’lum qilinadi.
Foto: Gazeta.ru
«Vremya»da Boeing 707’ga raketa bilan zarba berilgani, oqibatda uning yölovçilaridan ikki nafari halok bölgani va öndan oşiq odam jarohatlangani haqida lom-lim deyilmaydi.
Hodisa sodir bölgan kunning ertasi kuni Moskvadan Mudofaa vazirligi va KGB xodimlaridan iborat maxsus guruh Kareliyaga keladi va uçuvçilarni söroq qiladi. Oxir-oqibat yölovçi samolyotni urib tuşiriş haqida buyruq berganlar va va unga raketa yöllagan Su-15 uçuvçilarining xatti-harakatlari töğri deb topiladi.
Ekipaj a’zolari va yölovçilarning keyingi taqdiri
1978 yil 22 aprel kuni Boeing 707 ekipaji va yölovçilari avtobus bilan yana harbiy bazaga qaytarib olib kelinadi. U yerda ularni ikkita Tu-134 samolyotiga ötkazib Murmansk şahriga olib borişadi. Murmanskdan ular Xelsinkiga jönatiladi.
Yölovçilar va ekipaj a’zolari Xelsinkidan AQŞning Pan American avikompaniyasiga qaraşli Boeing 727 samolyotiga ötkaziladi va Janubiy Koreyaga jönatiladi.
Samolyotning ikki nafar uçuvçisi – ekipaj komandiri va şturman olib qolinadi. Ular SSSR havo hududini buzib kirişda ayblanadi va KGB tomonidan tergov qilinadi.
Tergovda koreyalik uçuvçilar yönalişdan adaşganlarini bilmaganlarini aytişadi. Ular sovet harbiy samolyotlari tomonidan berilgan buyruqlarni eşitganlarini, ammo xalqaro hududda ketayapmiz deb öylab unga böysunmaganliklarini ma’lum qilişadi.
1978 yil 30 aprel kuni TASS hodisa yuzasidan quyidagiça xabar tarqatadi:
«Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça, Janubiy Koreyaga qaraşli Boeing 707samolyoti parvozlar töğrisidagi halqaro huquq va normalarga amal qilmasdan SSSR hududiga kirgan. Şundan söng Boeing 707 ekipaji sovet havo hujumidan mudofaa tizimiga qaraşli qiruvçi samolyotlar tomonidan berilgan aerodromga qöniş haqidagi buyruqni bajarmagan.
Ekipaj komandiri va şturman sovet harbiy samolyotlaridan berilgan buyruqlarni tuşunmaganini bildirib, SSSR oliy soveti prezidiumidan afv söragan. Prezidium Janubiy Koreya fuqarolari bölgan ikki nafar uçuvçini jazolamaslik va ularni mamlakatdan çiqarib yuboriş qarorini qabul qildi».
TASS xabarida ham samolyotga uçta raketa otilgani va ulardan biri nişonga tegib, oqibatda 2 nafar yölovçi halok bölgani, öndan oşiq odam jarohat olgani haqida heç narsa deyilmaydi.
Uçuvçilar SSSRdan çiqib ketgaç «Nyu-York Tayms» gazetasi ulardan intervyu oladi. Intervyuda ular SSSR oliy soveti prezidiumidan afv söramaganlarini, navigatsiya notöğri körsatgani uçun SSSR hududiga kirganlari tufayli özlarini aybdor his qilmasliklarini ma’lum qilişadi.
Ana şu intervyuda uçuvçilar Boeing 707’ga raketa zarbalari berilganini va samolyot zörğa omon qolganini gapirib berişadi.
Şuningdek, koreyalik uçuvçilar yaqin aeroportga borgunça samolyotning teşilgan fyuzelyajidan kirgan sovuq yölovçilarning halok bölişiga sabab bölişi mumkinligini öylab muzlagan kölga qönişga majbur bölganlarini aytişadi.
SSSR-Janubiy Koreya munosabatlari va tovon puli
Öşa paytda Sovet-Janubiy Koreya munosabatlari ança murakkab bölgan. Garçi, Janubiy Koreya davlati 1950-yillarning boşida Koreya yarimorolida sodir bölgan fuqarolar uruşidan söng taşkil etilgan bölsa-da, SSSR bu davlatni rasman tan olmagan va ikki örtada diplomatik aloqalar bölmagan.
Ana şunday holatda SSSR Kareliyada muzlagan kölga qöndirilgan samolyotni qöyib yuborişi uçun Korean Air Lines aviakompaniyasiga bir qator şartlarni qöyadi. Unga köra aviakompaniya yölovçilarni taşiş va ovqatlantiriş bilan boğliq xarajatlar uçun SSSRga 100 ming dollar tölab berişi kerak edi.
Korean Air Lines aviakompaniyasi nafaqat SSSRga tölov tölamaslik uçun, balki jabrlangan yölovçilarga ham tovon puli tölamaslik uçun samolyotdan voz keçadi. Şundan söng Boeing 707 qismlarga bölinib, Moskva viloyatidagi Myaçkovo şaharçasiga keltiriladi. U yerda samolyot SSSR Aviatsiya davlat qömitasi mutaxassislari tomonidan sinçkovlik bilan örganiladi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti va Janubiy Koreya SSSRning xatti-harakatlari yuzasidan da’vo qözğatmaydi.
Garçi samolyot butunlay urib tuşirilmagan va hodisada ikki yölovçi halok bölgan bölsa-da, xalqaro maydonda SSSR harbiylarining xatti-harakati qattiq qoralab çiqiladi. Aksariyat xalqaro taşkilotlar SSSR harbiylari çegarani buzib kirgan samolyot fuqaro aviatsiyasiga tegişli ekanini bilgan holda unga raketa zarbasi berganini tanqid qiladi.
Janubiy Koreya aviakompaniyasiga tegişli samolyot bilan sodir bölgan hodisa tafsilotlari sobiq ittifoqda oradan 12 yil ötib, 1990 yilda ommaga oşkor etiladi. Jamoatçilik ana öşanda samolyotga raketa zarbasi berilganini va ikki kişi halok bölganidan xabar topadi.
Oradan 5 yil ötib, 1983 yil 1 sentabr kuni SSSR harbiylari Uzoq Şarqda Janubiy Koreyaga tegişli Boeing 747 samolyotini urib tuşirişadi. Bu safar samolyot raketa zarbasi tufayli havoning özida portlab ketadi va uning bortida bölgan 246 nafar yölovçi va 23 nafar ekipaj a’zolari halok böladi.