Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Ukraina hukumatini korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişga çaqirdi.
Rasmiy Kiyev olib borilgan islohotlar natijasida "ajoyib antikorrupsion mexanizm" va tegişli institutlar yaratdi, ammo endi bu institutlarga "iş olib borişi uçun imkoniyatlar va mas’ul lavozimlarda işlaydigan töğri odamlar" zarur, dedi Yevrokomissiya raisi.
Fon der Lyayyen maxsus antikorrupsiya prokuraturasi va milliy antikorrupsiya byurosiga "imkon boriça tezroq" rahbarlar tayinlaşga çaqirdi.
Bundan taşqari, u sudyalarni tayinlaş protsedurasini qonun bilan belgilab qöyiş kerakligini ta’kidladi.
Fon der Lyayyenning ta’kidlaşiça, Ukrainada qabul qilingan oligarxlar ta’sirini kamaytirişga qaratilgan qonunni yuridik jihatdan tatbiq qiliş kerak. U şuningdek, Kiyevni Yevroittifoq talablariga mos keladigan OAV töğrisidagi qonunni qabul qilişga çaqirdi.












