Bahor boşida bergan xabarimizda “Olmazor Business City” direktori Umid Umarovga asoslangan holda, boğ rekonstruksiyasi 7 martdan boşlanişi va 3 oyda tugallanişi kutilayotgani haqida yozgandik.
Ma’lum bölişiça, şundan keyin boğda muayyan ta’mirlaş işlari olib borilgan, biroq mablağ ajratilişi masalasidagi keçikişlar sabab işlar bir muddat töxtab qolgan.
“Olmazor Business City” direksiyasi vakilining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, may oyi oxirida xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi qarori bilan boğni loyihalaş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş uçun şahar budjetining qöşimça manbalari hisobidan 990 mln söm mablağ ajratilgan.


Kompaniya rasmiysi ayni paytda boğ loyihasi böyiça loyihalaş taşkilotlari örtasida tanlov ötkazişga hozirlik körilayotganini ma’lum qildi.
Yozning qariyb yarmiga yaqinlaşayotganimizni hisobga olsak, rekonstruksiya işlarini imkon qadar tezroq boşlaş va yakunlaş maqsadga muvofiq bölar edi. Albatta, bunda ta’mirni tez bajariş işlar sifatida ta’sir qilmasligi lozim.
Bobur Akmalov,
Kun.uz muxbiri












