Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida bölib turibdi.

Bugun tongda videoselektor yiğilişi ötkazilib, barça tumanlar bilan muloqot qilindi. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.


Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining keçagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlaşgan, hayot öz maromiga qaytmoqda.



Ma’lumki, keça Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududining komendanti uşbu holat böyiça axborot berib, vaziyat töliq nazoratga olinganini ta’kidladi.













