Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari va faollari bilan uçraşuvda xalqqa murojaat qildi.
“Aziz vatandoşlar!
Hurmatli Qoraqalpoğiston xalqi!
Ma’lumki, şu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça umumxalq muhokamasi davom etmoqda.
Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uçun ğoyat muhim ahamiyatga ega bölgan masaladir.
Muhokamalarda köpmillatli xalqimiz özining köplab taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.
Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi e’lon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan ötkaziladi. Şundan söng fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida Qonunçilik palatasi tomonidan takomiliga yetkaziladi.
Keyin esa mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi referendumiga qöyilib, fuqarolarimiz erkin ovoz beriş orqali özlarining bu masala böyiça xohiş-irodasini ifoda etadi.
Şundan keyingina Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalar qonuniy tusga kiradi”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirdi uning matbuot xizmati.
Prezident Nukusda 1 iyul kuni bölib ötgan namoyiş haqida ham gapirib ötdi.

“Bir söz bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiyamizni takomiliga yetkaziş uçun qança vaqt va muddat kerak bölsa, bu jarayon şunça davom etadi. Bu borada faqat xalqimiz bilan bamaslahat iş olib boramiz.
Lekin, ayrim joylarda uşbu masalaning mohiyatini talqin qilişda tuşunmovçilik holatlari uçramoqda.
Jumladan, loyihada közda tutilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasiga oid ayrim normalarga bir guruh şaxslar tomonidan norozilik bildirilgan. Buning natijasida joriy yil 1 iyul kuni Nukus şahrining markaziy köçalarida namoyişlar uyuştirilgan.



















