Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uçraşuvda fuqarolardan jipslaşişni, yakdil bölişni söradi.

«Dengizning qurigan qismida 1 million 733 ming gektar maydonda yaşil hududlar barpo etildi. Orolböyi hududining ösimlik va hayvonot dunyosini tiklaş böyiça beş yillik milliy dastur işlab çiqilmoqda. Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalasi birinçi marta davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Yuksak xalqaro minbarlardan doimo Orol muammosiga jahon jamoatçiligi e’tiborini qaratib kelmoqdamiz.

Töliq işonç bilan aytamanki, Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar bundan buyon ham albatta izçil sur’atlarda davom ettiriladi. 

Çunki Qoraqalpoğistonning taqdiri – bu Özbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun özbek xalqining baxti va farovonligidir. 

Men hayot sinovlarida toblangan qoraqalpoq xalqining donişmandligiga işonaman va ularni aql-idrok bilan iş tutişga, turli xil, jumladan, çetdan bölayotgan ğarazli çorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka çaqiraman. 

Ayirmaçilikka, ommaviy tartibsizliklarga, hokimiyat organlariga zöravonlik yöli bilan qarşilik körsatişga da’vat etadigan har qanday harakatlarga amaldagi qonunçilikka muvofiq keskin çora köriladi, aybdorlar esa muqarrar jazoga tortiladi. 

Aminmanki, Qoraqalpoğistonning mehnatkaş, donişmand, oliyjanob va bağrikeng eli mana şunday murakkab davrda özbek va qoraqalpoq xalqlari taqdirining birligi va yaxlitligiga, oğizbirçiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarini bundan buyon ham köz qoraçiğidek asrab-avaylab yaşaydi. 

Sodir bölgan voqealar bizni yanada huşyor va sezgir bölişga çaqiradi. Bugun jonajon Özbekistonimizda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş uçun, farzandlarimiz va nabiralarimizning yoruğ kelajagini ta’minlaş uçun metin iroda, jipslik va yakdillik har qaçongidan ham zarurdir», degan davlat rahbari.

Bugungi tahlikali dunyoda yurtdoşlarimiz örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, mamlakatimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta’minlaş, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bölgan işonçini oşiriş juda muhimligi, faqat mana şu yöl bilan bugungi tahdid va xavf-xatarlarga munosib javob beriş, turli buzğunçi ğoyalarga qarşi jamiyatimizda, avvalo, yoşlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratiş, demokratik islohotlar yölidan ortga qaytmasdan yanada samarali natijalarga erişiş mumkinligi ta’kidlandi.