Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hayotimni qo‘yganman bu masalaga» - prezident deputatlar va mahalliy rahbarlardan qoraqalpoq elini asrashni so‘radi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengashi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda davlat rahbari separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etadigan har qanday harakatlarga qonunchilikka muvofiq keskin chora ko‘rilishi, aybdorlar jazoga tortilishini aytib o‘tdi.
«Men har safar g‘urur bilan aytaman, men ham O‘zbekiston, ham Qoraqalpog‘iston farzandiman deb. Yuragimdan aytaman buni doim. Hayotimni qo‘yganman bu masalaga. Bir so‘m topsam, 60 tiyinini oldin Qoraqalpog‘istonga beryapman. Qoraqalpoq elim, yoshlarimga.
Har bittalaringni eshitmoqchiman. Bu qadrdon vatanimizni, shuncha qilgan mehnatimizni o‘zimiz saqlamasak, boshqa hech kim saqlab bermaydi. Sizlardan iltimosim shuki, bu dargohni, qoraqalpoq elini asrashlaring kerak. Bu yerda yashashlaring kerak, odamlarga tushuntirishlaring kerak hamma narsani. Yoshlarni yo‘lga solish kerak.
Shuning hammasini joy joyiga qo‘yish uchun keldim. Meni bugun Qoraqalpog‘istonga ko‘nglim olib keldi, mehrim olib keldi, yuragim olib keldi. Men qanday tinch o‘tira olaman?
Men baribir, qanday og‘ir bo‘lmasin, qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini ta’minlayman. Shuni hamma bilishi kerak. Menga tinchlik kerak. Bir narsani bilinglar - davlatning kuchiyam bor, qudratiyam bor, imkoniyatiyam bor», degan prezident.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
18:23 / 22.08.2025